Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 61-qism (Voqealar Rivoji 06.07.2015)

Sevimli serial juda qizigandan qizimoqda. Borgan sari yakuniga qiziqib ketmoqdaman.
O'tgan sonda RV Disha uchun kecha tashkil qilgani haqida so'zlab, gapimni tugatgandim.
O'tgan son 60-qism voqealar rivojini o'qish (manba)
(eslatib o'taman, saytimizda filmdagi barcha voqealar bayon etilmoqda, ammo Yoshlar teleradiokanlida ayrim saxnalarni uzib tashlashlari mumkin)

Navbatdagi 61-qism voqealar rivoji...
Kechaga hamma yig'ilgan edi. Ranvir Dishaga tilaklar bildiradi. Disha esa Rishining gaplaridan so'ng Ranvirdan yanada ko'proq nafratlanada boshlangadi. Undan qanday alamini olishni o'ylardi.
Ranvir xonasida Sanjiv Zaveri tavsiya qilgan hodim bilan ko'richadi.
Ular suxbat qurib o'tirishgan vaqt xonani eshigini taqillatib Ishani kirib keladi. Ishani Ranvirga mana men ham o'zim sariy o'ray olaman deb aytadi. Ranvir yangi ishchi bilan Ishanini tanishtiradi. Bu inson Ishanining xaqiqiy otasi edi.
Ishani albatta uni tanimaydi va RV ga uni onasi chaqiryotganini tezroq borishligi kerakligini aytadi, Ranvir bazm Nitenga hujjatlarni beradi va xonadan chiqib ketishadi.
Kechaga Dishaning ikki dugonasi kirib keladi. Ular to'saddan RV ni ko'rib qolishadi va uni kamsitib, Ranvir senmisan, Dishani haydovchisan-a? Senga kim bunday qimmatbaxo kimni kiyishga ruxsat berdi deb juda-juda qattiq kamsitishadi. Ranvir juda g'alati bo'lib ketadi. Qizlar Ranvirning qo'liga kalitni tutqazishib uni masxara qilishadi. Bor xaydovchilingni qilib, mashinamizni chetga olib qoy deyishadi. (exxxxx bechora Ranvir, unga raximlarim kelib ketdi, shuncha gap so'zdan keyin ham U indamay kalitni olib mashinani olib qo'ygani o'zi boradi).

Ishani zalda yurgan otasi bilan to'qnashib ketadi. Ularning suxbatlashib turganini Falguni ko'rib qoladi. U Ishanini bazmga chiqishini aytadi.
Ranvir mashinaga o'tirib uni yurgazmoqchi bo'lib turgan payt Ritika kelib qoladi. Nega begona mashinaga o'tirib olganibni so'raydi.
Disha dugonalari bilan anchagina g'iybatlashadi.
Falguni Nitindan nega bu yerga kelganini so'raydi. U bu yerga ish uchun kelganini aytadi.
Dishaning dugonalari Ranvirni ustidan kulib uni birovning mashinasini to'xtash joyiga joylayotgan paytini rasmga olib gazetaga chiqarishni aytishadi. Bu gaplarni Ishani eshitib qoladi. Ulardan Ranvirni qayerda ekanini so'raydi. Ular Ranvir mashinalar to'xtash joyida deyishadi.
Ishani yugurib chiqib Ritika bilan Ranvirning oldiga boradi. Ranvirni qo'lidan maxkam ushlab olib, bazmga olib kiradi:
- Kechirasizlar! Hamma diqqat qilsin, Bilmaganlar uchun eslatib o'taman, Tanishing Bu Mening erim RV. Hamma hayron bo'ladi.
Ishani: Sizlar u haqida eshitgandirsizlar. To'g'ri'mi? U Mumbayning taniqli birja qiroli. Yilning yosh millioneri. (tarona.net ma'lumoti) U haqida eshitganmisizlar? Extimol u xaqida yozilgan maqolalarni o'qigandursizlar, Ranvir shu kechaning ho'jayini. U hizmatkor emas, Bu uyning ho'jayini. Nima bo'ldi. Hech nima demayapsizlar? Uni haydovchi demanglar. Undan hech nima so'ramanglar. Nima bo'ldi?
Bu gapdan hammaning og'zi ochilib qoladi. Dishaning dugonalari esa yerga qarab qoldi.
Ishani Ranvirni maqtaydi. Shunday so'zlar bilan maqtaydiki, hatto meni og'zim ochilib qoldi...
Hamma bu gaplardan ajablanadi. Ishani Ranvir pullarni og'ir mehnat qilib topganini aytadi.
Dishaga dugonalari Ranvirdan uzr so'rashini aytadi.
Ranvir: Qo'yaver Ishani Ular meni RV ekanimni bilishmagan shundaymi?
Dishaning dugonalari buni bilmasligini aytishadi va Ranvirdan uzr so'rashadi.
Ishani Ranvir bilan biroz suxbatlashadi. Ranvir Ritika kelganini aytadi. Ishani Ritika bilan quchoq ochib ko'rishadi.

Chaytali inglizchani o'zicha qotirib gapira boshlaydi. Dishaning oldiga boradi va Ranvir bilan Ishani nega baxtli ekani, chunki to'ylaridan oldin Sexrli sharbat ichirganini aytadi. Disha Miteshni chiqaradi, Chaytali nima haqida gapirganini so'raydi. Mitish buni unchalik tushunmasligini aytadi. Disha esa Lakshmining oldiga boradi va undan sharbat so'raydi. Chaytali unga yordam berishini aytadi. Disha sharbatni yashirib olib keladi.
Disha sharbatni quyadi. So'ng Ranvirning oldiga borib, dugonalarini qilig'i uchun uzr so'raydi.
Ularni sharbat ichgani taklif qiladi. Manas va Sharmanga oddiy sharbat beradi. Ranvirga esa Chaytali bergan sharbatdan beradi.
Ranvir biroz boshi aylanadi. U mast bo'lib qolgandi. Davraning o'rtasiga chiqib olib jinnilik qila boshlaydi.
Uning bu harakatlari hammani hayron qoldiradi.
Chaytali (Ishanining kelinoyisi) Dishani chaqirib Ranvirga sharbatdan berdingmi deydi. Disha esa xato qilganini aytadi.
Ranvir esa davraga barabanchilarni chaqiring o'ynaymiz deydi. Barabanchilar baraban chalib kelishadi. Ranvir esa jinnilarcha davraning o'rtasida raqsga tushadi.
Ishani ham uning yoniga boradi va u bilan raqsga tushadi. Hamma birgalashib davrada raqsga tushishadi. (Shu yerda barabanchi ko'zimga issiq ko'rindida, siz kim deb o'ylaysiz?
(tarona.net ma'lumoti)  Bu yigit Chirak edi, u yiziga qizil rang surtib olib, Ishani va Ranvirni quvonch bilan o'ynashlarini g'azab bilan tomosha qilardi.)
Ranvir raqsga tusharkan yonida quvonch bilan o'ynayotgan Ishaniga ko'zi tushadi va unga tikilgancha Nikoh bazmidagi va boshqa kulguli laxzalarni eslashadi...
Ular raqisga tushib bo'lgandan so'ng, Ishani Ranvirga bo'ldi endi ketishimiz kerak deb uni ushlagancha xonaligiga olib chiqib ketadi. Uni dushga olib kirib, ustidan suvqiyadi, Ishani: Ranvir nega buncha ko'p ichding, ichkilikni ko'tarolmas ekansan, unda ichmasligining lozim edi. Sen u yerda juda katta kecha uyishtiriding, shunday qiliqlar qildingki hamma seni ustingdan kuldi.
Ranvir: Sen uyaldingmi? bundan hafamisan? Men esa bugun juda juda hursandman, Negaligini bilasanmi? Chunki bugun mening rafiqam menga yon bosdi, meni yonimni oldi, U men haqimda juda juda ajoyib gaplar gapirdi. U men bilan birga raqsga tushdi. U Ritikani men uchun taklif qildi. Men baxtliman, Men judayaaaaam baxtliman. Men 200, 300, 400, 500 marta baxtliman. (Ha ustidan muzdek suv tushib tursada RV ning ko'zida baxt quvonch bor edi. bu yaqqol ko'rinib turardi.) Ishani sen men uchun juda ko'p ish qilding. Bular nima uchun? Ayt Ishani, nega bunday qilding? (Ishani jim turadi.)
Sen menga javob bermading Ishani, Savolim yodimda turadi, uni men ertaga yana senga beraman. deb Ranvir hushidan ketadi va kravatga Ishani bilan birga ag'anashadi. Ishani o'rnidan turib, Ranvirni tufliylarini yechib, boshiga yostiq qo'yadi.. Ranvirga juda yaqin turgan Ishani, unga termulib, RVning savollarini eslaydi va shunday deydi,: Siz men uchun juda ko'p ishlar qildingiz, Ranvir. Siz men haqimda huddi avvalgidek qayg'urasiz. Endi esa men ham sizga ishonaman. Men sizga ishonaman Ranvir. (shu payt Chirak Ishanini qolidan toradi.. Ishani uni ko'rib jaxli chiqib ketadi. Nega buyerdasan? nega kelding deb uni haydaydi. Chirak esa: Ishani bilaman seni uni sevmaysan, bugun bizning ilk bor ko'rishgan kunimiz. U bilan raqsga tushganingda meni o'ylagansan. Meni haydama senga juda muhim gapni aytani keldim. Sen osmonlar ko'tarayotgan odaming aslida QOTIL...
 
(Davomi nima bo'lishiga o'zim ham juda qiziqyapman, Uni endi keyingi sonlarda yozaman...)


VIDEO TURINI KO'CHIRISH
 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Manba:tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 28341 | Комментарии: 53 | Рейтинг: 3| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 531 2 3 »
19baxa96 61 - qismni skachat qilish mumkinmi?
админmumkin!
Like | 0
19baxa96 Админ Кандай скачать киламиз?
Like | 0
radrika Yangi qismini yozinglar iltimos admin
Like | 0
radrika Raxmat admin. Umidjon aka sizga ham raxmat. Tarona .net doimo birinchi .
Iltimos davomini ham yozinglar..
Like | 0
Muhrshox Yashang UMIDJON yashang.
Like | 0
guzal_94 Umid aka ishane cherakni gapiga ishonadimi shuni ete iltimos
админha ishonadi!
Like | 0
sabinAA keyn ADMIN, izohlarni tölq öqiyolmayapmiz,nega? 2,3chi sahifalar nega ochilmaydi izohlarning. Ochib qöyinglar,izohlarni yuz foiz öqiylik,iltimos,faqat 1shi betini öqiyapmiz xolos. 21-40, 41-45 deganlariz ochmadi
админhatolik to'g'irlanmoqda!
Like | 0
sabinAA harwadni km,nega öldrgan? Yordam beringlar menga ellik besh seriasini körmaganman bowidagi
Like | 0
Jan_91 Seryal qizimaqta 62 qisimdi kutip qalamiz
Like | 0
Jan_91 Tarona.net zor
Like | 0
I_LOVE_MUSIC Yaxshi
Like | 0
FR1681974 Boshqa saytlada uje 62 qismi yozb bo'lindiyu admin
Like | 0
ZULFIZAR RAHMAT admin men uchun registratsiyadan o'tish juda mushkul bo'ldi lekin uddaladim aynan mana shu serial uchun tarona.netga omad -D :-D:
админRaxmat sizga ham!
Like | 0
Abdulaziz1995 220 gacha sotvotti kim kormochi bosa
Like | 0
Abdulaziz1995 man oganim 160 gacha ruschakan qogani tarjima qilinmaganmi
Like | 0
Abdulaziz1995 Serialning nechta seriyasi ruschada
Like | 0
RV_Sherzod Chirag endi Ishaniga Harshadni RV o'ldirgan deydi.
Baribir sof muhabbat ustun keladi: L :
Like | 0
ZULFIZAR yo'q aksincha ahmoq ishani unga yana ishonishda davom etar ekan chirag judayam ablah 8oI
Like | 0
azamat9012590 gap boliwi mumkin emas malades zo'r 62 ham kutib qolamiz
Like | 0
6877746 Ranvirni Ishanini otasini o'ldirganlikda ayblaydi.shundan keyn yana ulani orasi buziladi
Like | 0
N08888 Xezale 4irak endi Rvni ayblawga tuwarkande qorqoq
Like | 0
1-20 21-40 41-52
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное