Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Jumong-soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Osiyo-Soundtreck
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 72-qism (Voqealar Rivoji 18.07.2015) Ranvir o'ladimi?

Serialning navbatdagi qism voqealari rivoji!
Bundan avvalgi 71-qism voqealarini o'qish (manba)

72-qism voqealar rivoji:

Ishani jon holatda baqiradi: 
- Ranvirrrr!!! 
Bu ovozdan hamma ular tomon qaraydi. Ranvirning hovuzga tushib ketganini ko'rgan hamma og'zi ochilib qoladi. Ranvir suv ostiga cho'kib borarkan, hayolidan har xil gaplar va o'tmishidagi voqealar o'tadi. 
Daversh qotilni ko'rib, uni ushlashlarini aytadi. Shaneylaning akasi singlisi uchun qasos olganini aytib qo'riqchilardan qochib ketadi. Ishani o'zini suvga tashlaydi. Atrofdagi qolganlar ham suvga sakrashadi va Ranvirni hovuzdan olib chiqishadi. Ishani Ranvirni yonida turganda Amba kelib uni itarib yuboradi: 
- Qoch! o'glimga tega ko'rma. O'glim seni deb shu axvolga tushdi. Mening Ranvirimni seni deb otishdi. 
Ranvirning otasi: - Amba, bizning Ranvirga hech nima bolmaydi. Doktor chaqiringlar! 
Ishani va Amba yig'lagancha unga yopishishadi. Hamma uni ko'tarishib mashinaga chiqarishadi va tezlik bilan kasalxonaga ketishadi. 
Kasalxonaga kirib borishyotganda doktor ularni ko'radi. Ishani unga bo'lgan voqeani aytadi va Ranvirni saqlab qolishlarini so'raydi. Ranvirni operatsiya xonasiga olib kirib ketishadi. Shu payt ularning ortidan hamma yetib kelishadi. 
Amba Ishanining yoniga boradi. Uning yuziga tarsaki soladi. Hamma bu holatga hayron bo'lib qarashadi. Amba Ishanini rosa haqoratlaydi. Chirag bilan ko'rishganini, avariya sodir etganini, Ranvirni qamoqqa tushganini, hamma-hammasini Ishaniga aytadi. Amba Ishani rosa haqoratlayotgan payt Falguni ularning o'rtasiga tushadi: 
- Bas qilinglar! 
Hamma unga qaraydi. Falguni Ishanining yoniga keladi: 
- Bugun sening Karvachot kuning edi. Ishani, javob ber. Sen Chirag bilan birga edingmi yoki yo'q? 
Ishani "xa" deganday yuzini qimirlatadi. 
Falguni: - U to'g'ri aytibdi. Sen bu yerda bo'lishing kerak emas. Ket bu yerdan! 
Ishani: - Oyi... oyi, iltimos. Hehc bo'lmasa shu gapni siz gapirmang. Oyi, menga ishoning. Men hammasini aytib beraman. Iltimos Ranvirni oldida qolay. 
Falguni: - Sen o'zingni ishonchingni yo'qotding. Bu odam bilan nega uchrashding. U seni faqat aldagan... va Ranvirni ham aldagan. Nega u bilan uchrashding. Men faqat bir gap aytaman. Bu yerdan ket. 
Falguni Ishanini qo'lidan sudrab olib chiqib ketayotgan paytda Ishani uning qo'lidan chiqib ketadi va o'zi indamasdan yig'lab chiqib ketadi. 
Ishani yig'lagancha: - E xudoyim. Ranvirni saqlab qol. 
Shu payt uning yoniga Nitin kelib qoladi: 
- Ishani Ranvir seni deb qamoqqa tushdi. Sening mashinang bir qizni urib yuborgan. Qizning axvoli jiddiy. U komada. Politsiya mashinani uyning oldidan topdi. Ranvir esa seni deb aybni bo'yniga oldi... 
Ishani Chirag Shaneylani urib yuborgan paytni eslaydi. 
Ishani: - Bu avariyani men qilmadim. Men hatto rulda ham emasdim. Men bilaman, nima bo'lganini. Bu qiz uning singlisi. 
Ishani shu gaplarni gapirarkan. Ranvirni otgan Shaneylaning akasini gaplarini eslaydi. 
Ishani: - Mening xatoyim, Chiragning oldiga borganim, Buning uchun Ranvirni otishdi. 
Ishani tinimsiz alamdan yig'lardi. Nitin uni tinchlantirish uchun unga nasixat qiladi. Ishani uning gaplaridan jiddiylashadi va xudoga iltijo qilgani boradi. 

Operatsiya xonasidan doktor chiqadi. Hamma uning yoniga keladi. Amba doktordan Ranvirning axvolini so'raydi. Doktor Ranvirning axvoli jiddiyligini aytadi. 
Ishani esa xudoga iltijo qilardi: - Iltimos, uning hayotini saqlab qol. Iltimos, Xudoyim. Iltimos, uning hayotini saqlab qol. 
Amba va uning eri doktordan Ranvirni saqlab qolishini so'rab, yalinib yolvorishadi. Doktor uning axvoli juda og'irligini, unchalik umid qolmaganini aytadi. 
Amba: - Ey xudoyim! Mening Ranvirim! Mening o'glim! 

Ishani duo o'qib bo'lib endi ortiga qarab yurayotsa Amba uning yoniga keladi. Ishani hayron bo'lib unga qarab tursa, Amba uning oyog'iga tiz cho'kib ta'zim qiladi 
Ishani: - Xola, nima qilyapsiz? Iltimos, o'rningizdan turing. 
Amba: - Mening o'g'limni saqlab qol. Men bilaman, sen nimani o'ylayayotganingni. Nima uchun o'g'limni hayotini saqlab qolishni xudodan emas sendan so'rayapman? Sendan nafratlanaman. Lekin mening o'g'lim seni sevadi. O'glim doim sen uchun xar narsa qiladi. U doim seni yoningni oladi. Lekin bugun uning hayoti havf ostida. Lekin men bugun, qo'llarimni bukkancha, sendan yolvoraman. 
Amba Ishaniga yalinib yolvoradi. Ishani Ambaning qo'llaridan ushlaydi, o'ng oyoq kiyimini yechib kasalxonadan yugurib chiqib ketadi. Ibodatxonaga boradi. U yerda hamma bilan birgalikda ibodat qiladi. Ranvirni esa kasalxonada doktorlar elektroshok bilan xayotini saqlab qolishga urunishadi. 
Ishani Ibodatxonada hamma amallarni bajaradi. Doktor Ranvirning yuragidan o'qni olib tashlaydi. Ishani Ibodatxonadan ilohiy qadah suvini oladi va yana yugurib ortiga qaytadi. 
Ranvirning yuragi urishdan to'xtab qoladi. Hamma shok xolatiga tushadi. Ishani yetib keladi. Operatsiya xonasiga kirmoqchi bo'lganda hamshira qarshilik qiladi, Doktor uni kirishiga ruhsat beradi. Ishani Ranvirning og'ziga ilohiy suvidan quyadi. 
So'ng doktorga: - Doktor iltimos qaytadan urinib ko'ring. Bugun Karvachot, va men buni xoxlamagandim... iltimos so'nggi marta. 
Doktor Ishanining gaplaridan so'ng yana Elektroshokdan foydalanadi. Ranvirning yuragi asta sekin yana ura boshlaydi. Hamma bu holatdan hayratga tushadi. Hamma xursand bo'lib xudoga iltijo qilishadi. 
Shu payt Davershga Disha qo'ng'iroq qiladi. Ranvirning axvolini so'raydi. Daversh unga Ranvir operatsiyadaligini aytadi. Disha buvisiga bu haqida aytadi. Buvisi esa Ranvir o'lsa hammasi bu uyni tark etishini aytadi. 
Doktor operatsiya xonasidan chiqadi. Ranvirning axvoli yaxshimasligini lekin iloji boricha uni saqlab qolishlarini aytadi. Amba va uning eri kasalxonada qolishlarini, qolganlar esa uyga ketaverishini aytadi. 
Xonada Ishani asta Ranvirning yoniga yotadi. 
Ishani: - Ranvir, siz mening eng yaxshi do'stimsiz, to'g'rimi? Faqat mening do'stim. Siz yaxshi xotiralar yaratdingiz. Siz meni doim sevgansiz, lekin men sizni sevish o'rniga, sizga qarshi chiqdim. Men xato qildim, sizni aldadim. Men sizning sevgingizni tushunmadim. Lekin endi tushundim. Men sizga befarq bo'lmayman va yoningizdan uzoq ketmayman. Men sizga yanada yaqinroq bo'laman. Bilasizmi, nima uchun? Chunki sizning sevgingiz meni ketishimga yo'l qo'ymaydi. Men ham sizdan ketishni istamayman. Nima uchun? Chunki men sizni chindan sevaman. Mmm. Men sizni sevaman Ranvir. Ranvir, biling, men... Ranvir? Ranvir? Ranvir eshityapsizmi? Menga quloq soling. Men sizga aytishim kerak. Menga gapiring Ranvir. Ko'zingizni bir bor oching. Siz meni ko'zlarimdagi sevgimni ko'ring. Siz meni kulishimni ko'rishingizni xoxlayman. Ranvir ko'zingizni oching iltimos. Menga gapiring. Yaxshi, meni Sanni deb chaqirishingiz mumkin, qancha xoxlasangiz ham. Men bunga qarshi emasman. Mayli tanga ham otmaymiz. Men yerda yotaveraman... Faqat bir marta ko'zingizni oching. 
Ishani qanchalik yalinmasin Ranvir ko'zlarini ochmasdi. 

VIDEO TURINI YUKLASH


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 32348 | Комментарии: 44 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 441 2 3 »
15253545 Qachon davomini ezasiz admen
Like | 0
Irodabonu Admin 73 qism tafsilotlarini qachon yozasizlar tarona.net sayti birinchi .OMAD sizlarga
Like | 0
M-Star Ranvir o'lsa kino bomaydi
Like | 0
Mamur666 Ishani battar bõsin unga shu kerey edi õzi
Like | 0
bahora22 Zoooor ketvotiya kino. O'zbeladayam shunaqa sevgi muhabbat bo'lishini hohlerdim.
Like | 0
radrika Salom . Raxmat admin
Like | 0
Merlen1998 kimni qilsen xor uzing shunga bulasan zor
Like | 0
madamin_1990 O'lmasa kerak
Like | 0
madamin_1990 Xammangizni xayitlariz bilan bu serialni yuragi chatoqlar ko'rib qiynalayotgandur lekin gap yo'q
Like | 0
begzod118 Ranvir o'lmiydi axir u o'lsa Kino tudaydiyu
Like | 0
islam999 зор
Like | 0
valiko_3797 Mashunaqa esi past kizla bomagiy
Like | 0
Emtizishka Ranvir olsa kinoyam tugaydi
Like | 0
26827a Ranvir Ishanini yomon ko'rib qoladi oradan vaqtlar o'tadi ranvir astalik bn haqiqatni biladi va ishani bn yarashib olishadi endi yaxwi hoyot kechiratgan bo'ladi wunda chirak ranvirni rossa do'poslaydi va o'rmonga olib boradi Ranvirni hamma joyi qip qizil qon bo'ladi Ishani ko'rib qolib izidan ketadi chirak bn Ranvir muwtlawayotgan payt chirak jardan tawlab ketadi va o'ladi ranvir zo'rg'a u yerdan ketadi o'rmonga iwani keladi chirakni ko'rib qoladi ... Hullas chirakni o'limini Iwanidan ko'rib Iwanini Osib o'ldiradi... NobeeL
Like | 0
shahboz97 Nimaga xavotir olasizlat ranvir va ishani oxirigacha tirib bòladi ular òlsa kino tugaydiku
Like | 0
umidguliasal Endi Iwanini azobli kunlari bowlandi. Battar bulsin
Like | 0
9508031 Sizlarga katta rahmat
Like | 0
9508031 Ishanining buvisi qaerga ketti nega ku'rinmay qoldi ibodati shuncha uzoq bu'ladimi??? Yoki uni kinodan chiqarib yuborishdimi???
Like | 0
dilora O'lsa o'lib qo'ya qosin shu Ranveeram, kino tezro tugasa bo'ldi! -D
Like | 0
1-20 21-40 41-42
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное