Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ayol Qalbi - True Love
. Efir Sirlari - Piano Version
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 67-qism (Voqealar Rivoji 13.07.2015)

Assalomu alaykum hurmatli Senga Oshiqman seriali muxlislari, Ushbu serial haqidagi yozganlarim sizlarga manzur bo'layotgani haqida izohlarda o'qib juda hursand bo'lmoqdaman! Sizlarga bir kichik habarni etmoqchi edim, Mening ismim Umidjon, saytga meni maqolamni sayt admini joylaydi, men bu saytda Admin yoki Moder emasman! Shunchaki shu serial haqida yozim keldi. Sayt jamosining esa film haqida ma'lumoti mavjud emas, Shu sabab serial haqida sizlarning savollaringizga javob bermasligi mumkin, bundan hafa bo'lmasligingizni so'rardim! Oldindan uzr! Barcha savollaringizga o'zim javob berishga harakat qilaman!

Bundan avvalgi 66-qism voqealar rivojini o'qish (manba)
Ishanining qo'liga xina qo'yishadi. Ranvir buni chetdan kuzatib turardi va asta Ishanining yoniga keladi. Parul undan bu yerda nima qilyapsiz? yoki kelin oyimga xina qo'ymoqchimisiz, deb so'raydi.
Ranvir esa: bu qo'limdan kelmaydi ammo men uni qo'lidan turib, unga ism yozish qo'limdan keladi, deydi va Ishanining qo'liga yozadi. Parul Ishaniga akamdan o'ziz uchun biror narsa so'rang, deb aytadi. Divash esa: Ishani Ranvirdan  shunday narsa so'ragingi uni bajarish juda qiyin bo'lsin, debdi.
Ishani esa, Ranvirni haqiqatni aytishini hohlardi.
Ishani Ranvirga: Bugungi tun, men uchun juda qorong'u
Ranvir: Men uni oy bilan yoritman.
IShani: Boshqa tunlarnichi?
Ranvir: men har bir tunni yoritaman!
Ishani: Agar biror bir tunda oy bo'lmasachi? unda nima bo'ladi!
Ranvir: Men bu tun uchun yorug'likni o'g'irlayman, biroq seni qorung'ulikda qolishingga yo'l qo'ymayman.
Barcha bu gaplarni eshitib qarsak chaladi. Ishani esa Ranvirni bu gaplaridan hursand!
Karvachot davom etadi. Ranvirni otasi Ambani oldiga kelib, zargar yetib kelganini unga bayram uchun sovg'a bermoqchi ekanligini va o'zi uchun taqimchoq tanlashini aytadi. Shu bilan birga kelini uchun ham taqimchoq tanlab unga sovg'a qilishi kerakligini aytadi. Amba Ishani uchun oddiyroq taqimchoqlar to'plamini tanlab oladi.
Ishani birdan chanqab qoladi, biror narsa ichish uchun barga boradi, qara barmen yo'q, uning qo'llari esa xina edi. O'zi quyib icholmasdi, shu sabab u Ranvir biroz vaqt oldin quyib, ichmay qoldirib ketgan kuchli alkagol ichimlikni ichib qo'yadi. Albatta u suv deb o'ylagan edi. Ishani boshi aylanib honasiga chiqib ketadi. Uni ketayotganini Ranvir ko'rib qoladi va oritidan boradi. Qarasa Ishani xonada urilib, turtilib yuribdi.
Ranvir: Ishani, mastmisan?
Ishani? Nima siz ichishiz mumkin, menga mumkin emasmi?
Ranvir: Sen ichmasding, ichgan odamlar esa senga yoqmasdi, shu sabab so'radim.
Ishani: Yo'g'e? siz meni juda yaxshi bilasiz. Bilasmi nega? Chunki siz mening eng yaqin do'stimsiz, shundaymi?
(Ishani shu qadar mast ediki xatto nima deyotganini o'zi bilmasdi, judayam jinniliklar qilib gapiradi)
Ranvir: Ha, men sening yaqin do'stingman.
Ranvir Ishanini yeqilishidan ushlab qoladi. Yana nigoxlar to'qnashadi, ular bir biriga mexir bilan boqishadi. Ishani Ranvirdan nimadur so'ramoqchi boladi, ammo so'raymaydi.
Ranvir uni yotib, uxlashini aytadi.
Ishani esa yo'q uxlamayman, qanday qilib Sarida uxlash mumkin. Men kiyimlarimni almashtirish lozim, deydi. Ranvir hozir Parulni chaqirishini aytadi. SHunda Ishani uni to'xtatadi.
Ishani: eee shoshmang, qanday qilib men sariyni yechaman. Ko'rmayapsizmi? qollarimga hina qo'yilgan. Qani?  Siz meni kiyimlarimni almashtiring. Nega menga bunaqa qaraysiz? Sari o'rashni bilasizku, Nima uni yechishni bilmaysizmi?
Ranvir: Sen mastsan, sen hozir nima deyotganingni bilmayapsan.
Ishani: Men mast emasman, mast sizsiz. Chunki sizni menga aytgan so'zlariz yodingizda yo'q. Aytgandingizku Sari o'rashni bilaman deb. Demak uni yechish ham qo'lizdan keladi. Qani yeching sarini!
(Ranvir jim turgancha juda katta shokda!)
Ishani: Bilgandim, buni rad etishingizni! Agar siz rostan ham mening yaqin do'stim bo'lganizda, buni inkor qilmagan bo'lardingiz, menga yordam bergan bo'lardingiz. Nima siz menga yaqin do'st emasmisiz?
Ranvir: Do'stingman!
Ishani: Unda menga yordam bering, qani boshlang!
(Ranvir asta Ishaniga yaqinlashib, sekin sarini yecha boshlaydi. ammo buni ko'zlarini yumgan holda bajaradi. Bu ham uning oliyjanobligidan! Ammo kiyimni oxirgacha yeshmaydi. Ishani ham ko'zlarini yumib oladi. Ranvir va Ishani bir birlariga yaqin kelishadi, nigoxlarning kuchli to'qnashuvi...
Ishani yechishni hohlab, ahr siz mening, mening... deydiku, ammo gapirmaydi.
Ranvir esa: bilaman men sening yaqin do'stingman. Kechir Ishani men buni qilolmayman. Ha men sening eringman, ammo... Biz sen bilan bu holatda... deydiyu, aniq gapirmaydi, va shkavdan Ishaning halati olib, kiygizadi. Ishani unga tikilib, Ranvir, men sizni, men sizni... (aslida sevaman demoqchi edi, ammo shu payt uning yodiga, Chirak, Shifokor ayol va soqchi qorov etgan gap yodiga tushadi. )
Men sizni ko'rishni hohlamayman. Chunki siz mening otamni qotilisiz! Siz mening otamni o'ldirdingiz. Siz mening erim emassiz. Siz mening do'stim ham emassiz. Siz qotilsiz. Qotil!
Ranvir esa, Ishani men unday qilmaganman
Ishani uni eshitishni ham hohlamaydi. Siz qotilsiz, siz oldirgansiz! Nega bunday qildiringiz deb Ranvirni turtib yuboradi. Ranvir yeqilib tushadi. shundan so'ng Ishani o'ziga keladi. Meni kechiring, men bunday demoqchi emasdim. bilmadim menga nima bo'ldi. Kechiring meni iltimos, deydi.
Ranvir uni yoniga kelib, qoldidan tutgancha yotog'iga yotqizadi. Ishani yotishi bilan shirin uyquga ketadi.
 
Ranvir shu zaxoti yordamchisiga qongiroq qiladi, va yangi ofisda zudlik bilan korishishni aytadi va chiqib ketadi.
 
Ranvirning yordamchisi binoga yetib keladi va Ranvir haqida Ishaniga gapirgan qoruv bilan gaplashdi. Shu payt qorovul bilan suxbatlashish uchun Chirak ham kelib qoladi, U qorovulni Ranvirning yordamchisi bilan ko'rib, hayron qoladi, demak bu yerga Ranvir ham keladi. U kelsa muammolar yuzaga kelishi mumkin. Zudlik bilan yangi reja o'ylab ko'rish kerak deb, Dishaga qo'ng'iroq qiladi va Ishanini qanday qilib bolmasin Yangi ofisga yuborishni aytadi.
 
Disha, Ishanini uyg'otib, bugun otasini suratini olish yodidan chiqqani, uni olib kela olmagani aytadi. Ishani esa maylin o'zim borib kelaman. U otamizning eng yaxshi suratlari edi. U juda qadirli. Uni qoldirib kelganimiz yomon bo'libdi deydi. Ishani Ranvir bilan birga bormoqchi bo'lib, uni qidiradi. DIsha esa uni qayergadur shoshib chiqib ketganini aytadi.
 
Ranvir ham ofisga yetib keladi va boyagi qoravulni ishdan bo'shatadi. Qoravul raxim qilishni so'raydi. Ranvir esa bu ishlarni oilam tinchligi uchun qilyapman va Men seni hotim bilan gaplashingni hohlamayapman. Shu sabab sen ishdan ketishing kerak va boshqa bu yerlarda ko'rinma! Men hotimni juda yaxshi ko'raman va uni biror narsani bilib qolishni istamayman, deydi.
Ranvirning yordamchisini uni tashqariga olib chiqarib yuboradi. So'ng ular ofisni aylanib, biror bir dalil bolsa ularni yo'q qilishimiz lozim deb bir aylanib chiqishadi. Endi ketay deb turishgan vaqt Ishaninig mashinasiga ko'zlari tushadi. ular Ishanini mashinasi nima qilib turganini so'rashadi. Qorovul honim kelib ichkariga kirib ketdilar, deydi.
Ishani ichkariga kirib, honani ko'zdan kechiradi. ko'zi bir Razvetkaga tushadi, unga yaqinroq borib, qaraydi, uni simlari chiqib turardi, uni ushlab koray deb qolini chozadi. shunda Ranvir kelib qolib, uni qolini torib oladi.
Ranvir: Ishani bu nima qilganing? Bu yerda nima qilyapsan! Qara simlari chiqib turibdi, Ahr bu havfli. Senga biror gap bo'lganda nima bo'lardi? Sen bilsanku, o'sha kuni janobda ham huddi shunday bo'lgan edi. (ex Ranvir bilaman, bu gapni bilmasdan og'zingdan chiqib ketdi, nu bekor qilding, Ishani bu gaplarni eshitib hayratlanadi).
Ishani: Buni siz qayerdan bilasiz?
Ranvir: O'shanda menga bu xaqida o'zing aytganding, tok urgani haqida! deb gapni alyantirvoradi!
va Ishanini u yerdan olib ketadi! Chiqa turib, Xarshad Parek suratini ham olib ketadi!
Deyarli tong otay deb qolgandi. Ro'za tutish vaqti kelib qolgandi! Ishani kiyimlarini almashtirib, karvachot ro'zasini tutish uchun pastga tushishini aytadi. Ranvir esa, bilaman ro'za tutish juda qiyin, oyim bilan gaplashib seni ro'za tutolmaydi deb aytaman. Ishani: Yoq, bunday deyishga hojat yoq, siz men uchun shuncha ish qilmoqdasiz, men bu ro'zani siz uchun tutaman..
 
Pastda barcha ayollar yeg'ilgan, hamma karvachot ro'zasini tutishga tayyorlanmoqda edi. Ishanini Falguni olib keladi. Ishani Ambaga ta'zim qiladi, Amba unga mana bu sening Sargiying, Endi tamaddi qilib ol. Keyin butun kun davomida ro'za tutishing kerak bo'ladi. Ular o'tirib, ovqatlanishadi. Amba o'z qollari bilan Ishanini ovqatlantiradi.
 
Disha ham ro'za tutaman deb kelib qoladi. Amba va uning singlisi nega u ro'za tutmoqchi, ahr u homiladorku deb pichirlashishadi. Disha uchun ham Manasning onasi atayin SARGI ko'tarib keladi.
***
Ishani Ranvir bilan otam haqida albatta suxbatlashishim kerak, deb turgan vaqt yo'lakdan Ranvir o'tib qoladi, va kutibxonaga kirib ketadi. Ishani uni ko'rib ortidan boradi.
Borsa Ranvir telifonda suxbatlashyotgan edi, u tasodifat suxbatni eshitib qoladi!
Ranvir: Kechagi tunda Ishani deyarli meni qo'lga tushirdi. Men kecha yangi ofisga bordim, U tokni ushay deganda men uni qaytarib qoldim. Men u yerga barcha dalillarni yo'q qilish uchun borgandim. Ammo Ishani ham o'sha paytga borib qoldi. Menimcha u mendan shubxalanmoqda. Chunki u kecha tunda, mast edi, u menga otamni siz o'ldirgansiz deb aytdi. Men Ishani otasini o'limi haqidagi haqiqatni bilishini hohlamayman.
 
Bu gaplarni eshitgan Ishani shokga tushadi. o'ziga kelolmaydi. Demak rost ekan! Ranvir otamni qotili! Otam unga ishonardi, u esa otamni o'ldirgan ekan, Men uni aybini isbotlovchi dalil topishim lozim. Buni albatta topaman! U qilmishiga yarasha jazo olishi lozim, deb Chirakga qo'ng'iroq qiladi va uning uyida ko'rishishni so'raydi.  Shundan so'ng Ishani yugurgancha uydan chiqib ketadi. Chirakni oldiga shoshadi! 
 
 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Manba:tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 22520 | Комментарии: 48 | Рейтинг: 3| Рейтинг: Senga Oshiqman haqida, Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 481 2 3 »
suxrobshoh Sharhga gap yu. Videoda kesib tashlangan joy bor ekan.
Like | 0
angelkoko Vay bo'tta xarshad parikki xich kim o'ldirmidiku u prosta kompyuterda ishlavotkanida tok o'ynab o'chib qoladi hamma ayb xarshadda tokka teyishi keremasdi
Like | 0
shahzoda24 Umid aka sizga iltimosim boridi. Iloji bo'sa voqealar rivojini bir vaqtda yozsez sizdan yanayam xursand bo'lamiz. Xar bir qismni yozvotganiz uchun sizga kotta raxmat. Tshunaman siziyam, lekin shunga xarakat qisez judayam soz ish bo'lardi... Raxmat!
Like | 0
{PRINSSESA} Man bilanan Nur.Texnik nosozlik bulgan Uwa paytda iwanini haqiqiy otasi Xarwad bilan gaplawayotgan buladi .......
Like | 0
TOPVICK YOSHLAR TELEKANALIDA SENGA OSHIQMAN SERIALINING NAVBATDAGI QISMLARINI REKLAMA QILISHVOTTI.KORDIMU,YOQAMMI USHLADIM.BUYOGI YANAYAM QIZIQ,SHIDDATLI TUS OLARKAN
Like | 0
dima02 Yoq bu erda boshqa gap bo'lishi yoki u erda bahtsiz hodisa bolishi kerak ahir RV bu ishni qilmaydi!
Like | 0
Ixlosbek_007 Man umuman kurmayman yana cerakka iwonsa
Like | 0
omina1710 ishanini otasini qotili,haqiqiy otasimasmikin
Like | 0
omina1710 ishanini otasini qotili,haqiqiy otasimasmikinyoki
Like | 0
radrika Eeee shunchali ham ahmoq bo'ladimi bu ishani .
Asablarim buzilib ketyapti bu kinonideb . Ishani hozir yonimda bulganida ..... o'ldirardim tentakni
Like | 0
933476687 E qoyile naxot ishani yana aldansa
Like | 0
eldor6440 Ишанинг бувиси к6ринмай кетди нима булди унга
Like | 0
Ckarp-03 Raxmat kottakon,agar biz 6ylagande davom etaversa unda kinoni qizig'i qomiydyu:)
Like | 0
6877746 Shu uchrashuvdan keyin Ranvir Ishanidan nafratlana boshlidi
Like | 0
Fresh2710 Endi qiziqib korayotkandim iwani yana axmoq chirakka iwonsa bu seryaldi koriwi qizigi qolmaydikan . exxx tentak iwani
Like | 0
TOPVICK UMIDJON SIZGA KOTTA RAHMAT!TARONA.NET GA HAM,YOSHLAR TELERADIOKANALIGA HAM KOTTA RAHMAT! ANCHADAN BERI BUNAQANGI OTKIR SYUJETLI SERIAL KORMAGANDIM.HAMMAGA RAHMAT!!!TARONA.NET NUMBER ONE!
Like | 0
TOPVICK ISHANI KALLASINI ISHLATSA BOMIYDIMI,QAYSI QOTIL OLDIRMOQCHI BOGAN ODAMINI KASALXONAGA OBORADI.ETILA KIM?
Like | 0
TOPVICK RANVIR ISHANINI BUTUN OILASINI UYIGA OPKELDI,SHULA KOCHADA QOMASIN DEB.YAXSHILIKKA YOMONLIK DEB SHUNI ETISHSA KERE
Like | 0
TOPVICK SHUNISI ANIQKI,RANVIRNI QOLIDAN BUNAQA ISH KEMIDI.RANVIR ISHANIGA UYLANIB KOTTA XATO QILDI
Like | 0
Senga_Oshiqman Asilida Ishanini otasini olimiga Nitin Joshi sababchi.
Like | 0
1-20 21-40 41-47
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное