Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Sad Love
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Osiyo-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 71-qism (Voqealar Rivoji 17.07.2015)

Bundan avalgi 70-qism voqealar rivojini o'qish (manba)
71-qism voqealar rivoji​
Ishani Chirak bilan tortishib ketadi va hujjatlarni olib qochib ketadi. Chirak uning ortidan quvadi. Uni ushlab olib hujjatlarni berishini talab qiladi. Ishani yordam so'rab baqirib Chirakga qo'yib yuborishini aytadi. Chirak Ishanini qo'lini qayirib olib, so'ng hujjatlarni uning qo'lidan olib qo'yadi. Chirak hujjatlarni otib yuboradi va Ishaniga zo'rlik qila boshlaydi. U Ishaniga dalil kerakligini aslida esa hech qanday dalil yo'qligini aytdi: 
- Sening ering otangni o'ldirmagan. U meni biznesda aldamagan. 
Ishani: - Demak Ranvir hechnima qilmagan shundaymi? 
Chirak bu gaplardan kulib yuboradi: - Xa! Ranvir o'sha tunda otangni oldiga borgan, lekin otangni u o'ldirmagan.
Chirak shunday deb Ishaniga yana yopishadi. 

Ranvir qamoqda yo'tala boshlaydi. Amba unga suv berishlarini so'raydi. Suvni Ranvirga berganida u suvni ichmaydi sababi Ishani u uchun Karvachot kutayotganini, u hechnima yemasligini va ichmasligini aytadi. 

Ishani Chirakdan qo'yib yuborishini so'raydi va qochib ketishga urunadi. Chirak esa uni hech qayerga qochib ketolmasligini aytadi. Ishani yana qochishga urunganda Chirak uning sarisidan tortib qoladi. Rishi bu holatni rasmga oladi. Chirak uni quchoqlab oladi. Bu holatni ham rasmga oladi. 
Ishani Chirakga "Qo'yib yubor" deb baqiradi. Chirak esa unga qattiq tarsaki tushurib, uni ko'tarib oladi. Uni xonaga olib kirib yotoqqa otvoradi. Ishaniga bir nimalar deb unga yopisha ketadi. Falguni esa hali ham havotirda Ishanini kutardi. Lakshmi es Karvachot kuniga bag'ishlangan hikoyani hamon o'qirdi. 
Ishani Chirakni turtib undan qochishga urunardi, lekin kuchi yetmasdi. Oxiri stol ustidagi shishani olib Chirakning boshiga uradi. O'rnidan turib, Chirakga yana gapira boshlaydi. Chirak unga yaqinlashmoqchi bo'lganda qo'lidagi singan shisha bilan uning qo'liga uradi. Uning qo'li tilinib ketadi. Ishani yana unga baqirib gapira boshlaydi. Chirak yana unga yaqinlashmoqch bo'lganda, Ishani yana shisha sinig'i bilan uning qo'liga uradi. Ikkala qo'li ham kesilgan Chirak hechnima qilomyadi. Ishani kalitni ko'rib qoladi va uni oladi. Chirakga shisha sinig'ini otadi, lekin unga tegmaydi. Ishani yugurib qochib chiqadi va mashinasiga haydab qochib ketadi. Rishi Chirakning yoniga keladi va rasmlarni ko'rsatadi. Chirak rasmlarni Ranvirga jo'natishini aytadi. 

Ishani mashinasini tez yurgazib kelardi. Hayolidan faqat Chirakning gaplari va Ranvirning gaplari o'tardi. U o'ziga o'zi xato qilganini aytib, yig'lab kelardi. Birdan u esiga tushib Ranvirga telefon qiladi. Telefon politsiyadaligi uchun hechkim unga etibor bermaydi. 
Advokat garov evaziga hujjatlarni topshiradi va Ranvir qamoqdan chiqadi. Amba Punitni chetga chaqirib, kasalxonadagi qizga yaxshilab qarashini qancha pul ketsa ham uni tuzalishini, bo'lmasa ranvir yana qamalishini aytadi. Shaneylaning akasi qamoqxonaga keladi va Ranvirlarni chetdan kuzatib turib singlisi uchun qasos olishini aytadi. 
Ranvir qamoqxonadan tashqariga chiqadi. Telefonini olib qarasa Ishani telefon qilgan bo'ladi. U Ishaniga telefon qiladi, lekin tusha olmaydi. Ranvir va oyisi uyga qaytishadi. 

Ranvir uyiga kelgach: - Oyi qarang, bugun bayram. Hamma xursand. Men Ishani avariya bo'lganini va men qamalganimni birov bilishini xoxlamayman. 
Amba: - lekin... 
Ranvir: - Oyi, bugun men uchun xursand bo'ling. Pudjaga boring. Men Ishaniga qarayman. 
Amba yana Ranvirga Ishanini Chirakning uyida ko'rganligini aytadi va yana uni yomonlay ketadi. 

Ishani mashinasini to'xtatdi va alamdan yig'lardi: - Ranvir meni kechiring, Ranvir kechiring! Qolgan hayotimda sizning xotiningiz bo'laman va sevgingiz uchun qarzimni qaytaraman. Men sizni kuchli sevaman. Mening sevgim ikkimiz uchun ham yetadi. Men sizning oldingizga ketyapman, Ranvir. Meni qanday jazolasangiz ham, lekin iltimos meni kechiring. 

Ranvir uyda Ishanini kutardi. Ishani biroz o'ziga qarb oldi va yo'lida davom etdi. Ranvir xonasiga kirib olgancha hamon Ishanini kutardi. Punit Ranvirga hujjat olib keldi. Ranvir hujjatga qarab: 
- Bizning birinch Karvachotimiz. va bu sening sovg'ang. U seniki. Ranvir xonasidan tashqariga chiqdi. Ishani uyda hechkim yo'qligidan hayron bo'lib xonasiga yugurardi. Ranvir esa Ishaniga qo'ng'iroq qilib tusholmasdi. Ranvir zinadan tushayotgan payti Ishani yugurib o'tib ketadi, lekin ikkalasi ham bir birini ko'rishmaydi. Ishani Ranvirni qidiradi. Xonasi tomon ketayotganda Falguni uni ko'rib qoladi va unga bir idish beradi. Ishani idishni ko'targancha pastga tushadi. 

Chirak rasmlarni tomosha qilib kuladi. So'ng Ranvirga qo'ng'iroq qiladi. 
Chirak: - Allo, Janob RV. Bu men Chirakman. Sen meni ismimni eshitgandirsan? Kechirasan, bugun nima qo'ng'iroq qildim. Sen axir bandsan, to'g'rimi? Sen kun bo'yi xotiningni kutdingmi? Sen xavotir olma. U tezda boradi. Men uni ortga qaytarvordim... sening yoningga. U men bilan edi. Biz seni to'y kechangni nishonladik. 
Chirak Ranvirni g'azabiga tegadigan gaplarni gapiradi. Ranvir ham unga endi gapirayotgan payti Ishanini ko'rib qoladi. U tomon yura boshlaydi. Chirak yana Ranvirga Ishani haqida yomon gaplarni gapiradi. U Ishani aldaganini, Ishani uning uy hujjatlarni unga olib borganini aytadi. Ranvir Ishaniga har qanday holatda ham ishonishini aytadi, so'ng telefonni o'chirib qo'yadi. 
Ranvir va Ishani yonma-yon keladi. Ular bir biriga iliq nigohlar bilan termulishadi. 

Chirak Rishiga Ranvir ishonmaganini, unga rasmlarni yuborib bunga ishontirishini aytadi. 
Ranvir Ishaniga: - Yo xudoyim, keldingmi? Qanchalar xavotir olganimni bilasanmi? Men qo'rqib ketdim. Men o'yladimki, sen.. axvoling yaxshimi? 
Ishani: - Kechiring Ranvir. Yaxshi, men sizga hammasini aytib beraman. Lekin avval marosimni bajarib olaylik. Va sizga sovg'a hadya qilaman Keyin hammasini sizga aytaman. 
Ranvir: - Sovg'a? 
Ishani: - Sovg'am, shuki... siz meni butun umr kutdingiz. Bugun siz bunga erishdingiz. Birinchi Karvachtimizda men... sizga sovg'a beraman. 
Chirak Ranvirga shu payt rasmlarni jo'nata boshlaydi. Kelgan rasmlarga Ranvir qaraydi. Telefonida Ishanining Chirak bilan tushgan behayo rasmlari edi. Ranvir ularni ko'rgancha hayratga tushadi. 
Bu payt Shaneylaning akasi ham Ranvirning uyida uni yashirin xolatda Ranvirni qidirardi. Ishani Ranvirga gapirardi, lekin Ranvir uning bitta ham so'ziga etibor bermas edi. U Rasmlarga qaragancha jim turardi. Telefonida Ishanining so'nggi rasmini ko'rib uning yuziga qaraydi va yelkasini ochib, hayrtag tushadi. Ranvirning ko'ziga yosh keldi, lekin Ishani bunga tushunmasdi. Ranvir Ishaniga sevgisi barbod bo'lganini aytadi. Ishani tushuntirishga urunadi. Bu payt hammadan berkinib kelgan Shaneylaning akasi Ranvirni ko'radi va u tomonga qarb yuradi. Qo'lidagi to'pponcha bilan uning ko'ksiga o'q uzadi. Ishanining yuziga qon sachraydi. Qo'lidagi idishni tashlab yuboradi. Ranvir ko'ksiga qo'lini qo'yadi. So'ng Ishanini ko'z o'ngida o'zini yo'qota boshlaydi. Yonida turgan suv havzasiga qulaydi. 
Ishani jon holatda baqiradi: 


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 27011 | Комментарии: 46 | Рейтинг: 6| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 461 2 3 »
krasnadar skachatga qachon chiqadi bu
Like | 0
cobalt770 Rv ulmaydi ishani bilan baxtli buladi
Like | 0
begzod118 Alo
Like | 0
begzod118 Nega sms larim chiqmayopti admen
Like | 0
19baxa96 Admin ushbu seriyadagi Ranvirning Ishaniga aytgan oxirgi gaplarini yoza olasmi juda yoquvdi. Eslay olmayapman iltimos?
Like | 0
N08888 Endi rvni kongli qoldi ex iwani iwani
Like | 0
suxrob96 Nimaga meni izoxim yoq
Like | 0
fa be4ara Amba, onani w6ri quridi. Ambani gapini ranvir ewitgisiyam kemagandi.
Like | 0
Shoh_1299 Admin ne ertangi seriyasi hali cqmadi
Like | 0
ZULFIZAR ajoyib
Like | 0
20140602 admin 72 qismni tezroq yozing iltimos iloji bolsa bugun qiziqib ketyapmiz
Like | 0
turin12345 He qoyile Chirak dyavil))))!!!!
Like | 0
adna_moma Daxwat b6ldi
Like | 0
begzod118 Alo
Like | 0
bibijon Insofdanmas buuuuu. Tezro yoqolsaydi shu chirak
Like | 0
ulugbek1995 Ha 6,7 qsmgacha rv ishanini yamon korip yuradi
Like | 0
M@l@k Admin iltimos 72ni yozaqoling!:-*;-):-D
Like | 0
Shoh_1299 Vapwe zur serial buvotti boru
Like | 0
Zoyirjon96 Бечора Ранвир
Like | 0
1-20 21-40 41-46
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное