Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 68-qism (Voqealar Rivoji 14.07.2015)

Sevimli serial qizigandan qizimoqda, Bir necha kun avval, yaqin kunlardagi qism yanada qiziq bo'lishi haqida aytib o'tgan edim.
Mana o'sha qismlar ham kelib qoldi. Bugungi qismda Harshad Parekning o'limi sabablari oshkor bo'ladi!

Bundan avvalgi 67-qism voqealar rivojini o'qish (manba)
68-qism Voqealar rivoji:
Ranvirni suxbatini eshitgan Ishani shokga tushadi. o'ziga kelolmaydi. Demak rost ekan! Ranvir otamni qotili! Otam unga ishonardi, u esa otamni o'ldirgan ekan, Men uni aybini isbotlovchi dalil topishim lozim. Buni albatta topaman! U qilmishiga yarasha jazo olishi lozim, deb Chirakga qo'ng'iroq qiladi va uning uyida ko'rishishni so'raydi.  Shundan so'ng Ishani yugurgancha uydan chiqib ketadi. Chirakni oldiga shoshadi!
***
Ishanini chiqib ketishini Disha ko'rib qoladi, Unga Chirak qo'ng'iroq qilib, Ranvirni onasini uyiga olib kelishini va Ishanini shu yerdaligini ko'rsatishini, aytadi. Disha rozi bo'ladi, ammallab Ambani ko'ndirib, olib ketadi. Yuqori tezlikda haydaydi mashinani!
***
Chirakni uyida esa Shanela bor edi. U Chirakga boshqa yolg'onlariga uchmasligini, u bilan uchrashgani atayin akasi kelayotganini aytadi. Chirak qo'rqib ketadi. Akang kelyapti? Bu uchrashuvni biroz kechiktirishni so'raydi. Shanela esa: yo'q bugun ko'rashasizlar, deydi.
Chirak avrashga tushadi. Shu payt Ishanining mashinasi kelib to'xtaganini sezadi. Chirak Shaneladan unga so'ngi bor ishonib, Ishani ketguncha biroz o'tirib turishini aytadi va xonaga olib kirib, ustidan quluflab qo'yadi.
Ishani Chirakni uyi yonida turardi. Shu payt Disha Chirakni uyi yonida huddi tasodifan Ishanini ko'rib qolgandek to'xtaydi va Ambaga ana IShani deb ko'rsatadi. Amba hayron qoladi, va bu kimni uyi deb so'raydi. Disha yolg'ondan azgina o'ylab, adashmasam bu Chirakni uyi deb aytadi.
Ambani joni chiqib ketadi, men bu haqida Ranvir bilan gaplashishim lozim, buni ortiq ko'rib o'tirolmayman. Uyga hayda deydi. Ular uyga qaytib ketishadi!
Ishani esa Chirakni uyiga kiradi, undan otasini o'limi yuzasidan dalillarni so'raydi, Chirak esa Ranvirdagi meni hujjatlarim evaziga ularni berishini aytadi. Ishani rozi bo'ladi va uyga birga borib, hujjatlarini olib kelishga kelishishadi. Ular birga uydan chiqib ketishadi!
Buni Shanela ko'rib qoladi, Chirak yana Ishanini aldamoqchiga o'xshaydi, men bunga yo'l qo'ymasligim lozim, biror narsa qilishim kerak, bu haqida Ranvirga aytaman, deydi. Xonadan chiqishga urinadi. SHanela derazadan chiqadi va Chirakga qo'ng'iroq qilib: Bu sizga oxirgi bor ishonishim edi. Tarona.net sayti Lekin endi sizga ishonmayman. Men barchasini Ranvirga aytaman. Men bilaman, siz Ishaniga qarshi nimadurni rejalashtirgansiz. Endi sizni hech kim qamoqdan qutqarib qololmaydi, Chirak!, deb go'shakni qo'yib qo'yadi.
Chirak Ishaniga mashinasi buzilganini va Ishanining mashinasida ketishishni aytadi. Kuchli yomg'ir yog'moqda Ishani, kalitni menga ber, o'zim boshqaraman, deb Chirak Ishanining mashinasini haydaydi.
Shanela esa kuchli yomg'irda ko'chada, katta yo'lda biror bir taksi o'tishini kutardi. Ammo hech bir mashina to'xtamasdi. U o'zi yurishda davom etadi. Chirak esa uni qanday qilib bo'lmasin to'xtatish kerakligini aytadi. So'ng yonida o'tirgan IShaniga sezdirmasdan, Mashinani orqaga qarab haydaydi va Shanelani urib ketadi. U yerdagi odamlar Shanelaga yordam berishadi va mashina raqamini ko'rib qolishadi. (tassavur qilyapsizmi? Chirak Ishanining mashinasida odam urib yuborib, ustiga-ustak qochib ketdi) Shanelaning axvoli juda og'ir edi. Uni kasalxonaga olib ketishadi.
***
Ranvir esa ofisida Ishaniga gapirgan doktor ayol bilan suxbatlashardi.
Ranvir: Demak Ishaniga o'sha tunda Xarshad Parekx bilan bo'lgan insonni siz ko'rsatdingizmi?
Shifokor: Ha
Ranvir: Siz noto'g'ri qilgansiz. Siz unga hech narsa aytmasligingiz kerak edi. Endi u mendan shubxalanmoqda. Men unga haqiqatni aytolmayman. U haqiqatni bilmasligi kerak. Qaniydi siz u bilan uchrashmaganingizda. Endi meni u yana biror bir narsani bilib qolishiga yo'l qo'yolmayman. deydi.
Shu payt Niten kirib qoladi, va: sen uni to'xtata olmaysan, deydi.
Shunda shifokor ayol: Janob Ranvir o'sha kuni Xarshad Parekni shu inson olib kelgandi, men Ishaniga shu odamni ko'rsatgandim. Lekin nega Ishani sizdan shubxalangani men chunmadim.
Ranvir: Siz o'sha kuni Panchevishvardamidingiz?
Niten: ha
Shifokor ayol: Menimcha endi men ketsam ham bo'ladi, deb chiqib ketadi.
Ranvir hamda Niten birga suxbatlashishadi.
Niten: Men sizga o'sha kuni Falguni ikkimiz ham Panchevishvarda bo'lganimizni aytmagandim. Falguni siz ikkingiz munosabatingizni o'zi ko'rmoqchi edi. Ishani sizni ko'rgani kasalxonaga borganda, men ham o'sha yerda edim.
Ranvir: Demak., shifokor ayol sizni ko'rsatgan, lekin Ishani meni ko'rgan.!
Niten: Ha, shu sabab u sendan shubxalanmoqda, sen unga bor gapni aytishing lozim!
Ranvir: Yo'q, men unga bor gapni ayta olmayman! Men o'sha tunda Janobga  vada berganman! deydi, va o'sha kungi voqeani eslaydi. O'sha tunda Ranvir Xarshad Parekni ko'rgani yoniga kelgan bo'ladi. Ular suxbatlashishadi. RV janob Xarshadni fond birjasini katta pul yo'qotgani haqida habar topib kelgan bo'ladi va janobga boshqa tushkunlikga tushmang, tarona.net hammasi yaxshi bo'ladi, men sizni bankdagi hisobingizga pul o'tkazdim, bu pullar bilan siz yangi aksiyalar sotib oling, yangitdan boshlang hammasini, deydi.
Xarshad Parek: Endi men hech narsadan tashvishlanayman. Chunki sen yonimdasan.
Ranvir: Men bugun nimagaki erishgan bo'lsam siz tufaylidir. Men sizni o'z darajangizni yo'qotishingizni hohlamayman. Bugun Divali bayrami, siz shu kuni yangi aksiyalar sotib oling, mana ko'rasiz, tez orada ular oltinga aylanadi, deydi. Ular quchoqlashib, hayerlashishadi. Ranvir u yerdan ketadi.
Shundan so'ng, Niten: Ha Ranvir men seni o'sha kuni ko'rgandim. Keyin men Xarshad Parekni yoniga kiridim. U kompiyuterida aksiyalar sotib olish bilan band edi. Men unga o'zimni tanishtirdim. Undan Ishani bilan uchrashish uchun ruxsat so'rab turgandim, birdan to'k o'ynay boshladi. Harshad qo'rqib ketdi, u to'k o'chib qolishidan qo'rqardi, agar o'chsa hammasi barbor bo'ladi, men tezroq aksiyalar sotib olishim lozim deb turgan payt tok o'chib qoladi. U juda g'azabda edi. Men unga Divali kuni tokni o'chirishmaydi, menimcha to'k uzatish joyida muammo bo'lsa kerak, dedim. va o'zim buni to'g'rilayman deb, elektor uzatgichlar xonasiga kirdim. Muammoni hal qilgunimcha unga hech bir simga tegmaslikni aytandim. ammo men tokni yoqish vaqtim u bir simni ushlab qoldi. shu payt uni tok urdi. Bu baxtsiz tasodif edi, men bunday bo'lishini hohlamagandim. Keyin uni zudlik bilan kasalxonaga olib bordim. U menga seni tezda chaqirishimni aytdi. Sen yetib kelding.
Ranvir va Xarshad Parek suxbatlashishadi. Janob Xarshad juda og'ir axvolda, zo'rg'a gapirar edi.
Xarshad Parek: Ranvir, meni diqqat bilan eshit. meni maqtim juda o'z! menga so'z ber o'g'im. Menga so'z ber! Sen sevgi nima ekanini bilasanku to'g'rimi? Men Falgunini juda qattiq sevdim. Men uni yolg'iz qolishini hohlamayman. Ishani.... Ishani esa har kun, ota, ota deb takrorlaydi. Menga so'z ber o'g'lim, Ishani va uning haqiqiy otasini birlashtiraman deb so'z ber. Falguni, Ishani va janob Nitenni bir oila qilaman deb so'z ber menga, deydi.
Ranvir: Xa janob, men sizga so'z beraman. Siz ham tuzalib ketasiz, hali hammasi oldinda!
Niten: Quloq soling, sizga hech narsa bo'lmaydi. Kuchliroq bo'ling. Hech narsa bo'lmaydi, Ranvir uni saqlab qol iltimos, Ishani uni o'z otasi deb biladi, Unga hech narsa bo'lmasligi kerak. Agar unga biror gap bo'lsa, IShani va Falguni bunga chiday olishmaydi.
Shu payt Harshad Parekning axvoli og'irlashadi, uning haytidagi eng so'ngi daqiqalar edi. Ular shifokorni chqarishadi va xonadan chiqib ketishadi. Ranvir Nitenga bu yerdan ketishini, Ishani va uning oilasi uni bu yerda ko'rmasligi lozimligini aytadi. Niten avalliga rozi  bo'lmaydi. Ammo Ranvir uni ko'ndirgan bo'ladi.
 
Shu sababdan ham Ranvir Ishaniga otasining o'limi haqida hech narsa ayta olmasligni, buni Ishani bilsa Janob Xarsad Parekni ilitmosini bajara olmasligini aytadi. U aybni o'z boynimga olib bo'lsa ham, Siz, Falguni ona va Ishanini bir oila qilishim kerak. SHunda men ergan vadamni bajargan bo'laman, deydi.

Davomi haqida endi keyingi sonlarda gaplashamiz...

 
 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Manba:tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 27034 | Комментарии: 49 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 491 2 3 »
Xursand-95 Sizlar buyoda siqilib asab buzib o'tiribsizlar kinoni ko'ring va zavqlaning...!
Like | 0
Xursand-95 Ee bu ninoani deb kimningdir asabi buziladi kimdir bu kinoni xush ko'radi bu kinoo hayotmass agar bu kinoni iwlash jarayonini ko'rsela faqat kulgu hursandchilik Rv va iwani mazza qilib ro'l o'ynawyapdi
Like | 0
umidguliasal Axmoq iwani. Hec kimni iwi yuq hec narsa b.n. Faqat wu uzini balolaga urib yuradigan. Hamma gapga iwi bor. Bugungi qismini yozmayszmi Admin
Like | 0
MrBidam Vapwe asab buzaydigan kino ekan
Like | 0
Shahlo97 hali bu seriali kulminatsion nuqtasi oldinda hali z6r ajoyib serialari bor azgincha voxtdan keyin hammani fikrlari qarawlati ozgaridi bow qaxramonlaga nisbatan. Admin kottakon raxmat szga voxtzi ayami biza uchun yozvotkanizga ishlarzga omad
Like | 0
Ranver ranver ham ishaniga kop iwonvordi iwani esa bu iwonchlarni chirag bilan baham koryapti
Like | 0
Ranver e boru shu kinoni korganimdan beri halovatim yogday yana 24 soat goyo 24 kunday ayniqsa yakwanba kunlari juda romantika kinoni yahwi koramande togrimi balla qizla romantikaa ishqilib birga bolishsinda
Like | 0
ulday0303 Ex..x.x.x shu iShanini hech tushunmimanda Ranvirni sevadi l.n tan olgisi kemidi...undan shubhalanadi lekin Chirakga batamom ishoNadi u.u uchun Chirak miSLI Bir fariSHTa ex.x. Vaqt o'tib qadrini biLar Rv ning
Like | 0
9508031 Sizlarga katta rahmat
Like | 0
Nigow771 eni buyog'iga ranvir ishaniga rasa azob beradi ranvir ham opoqmas kechirvorsa boladi ishanini qiynamasdan ishaniga yahshi kunla yo shekili
Like | 0
Nigow771 endi ranvir ham ishaniga ohshab qoladi ishani shuncha yalinsa ham kechirmidi
Like | 0
Dilishka Dovdir Ishani ko'rsam nervim o'ynaydi, yig'lashi yurishichi uni biram beo'xshov, biram qo'pol. Ha aytgancha admin sizdan iltimos Ishani yig'lagandagi qo'shiqni saytga yuklang. U saxnani faqatgina shu musiqa ta'sirchanroq ko'rsatdi xolos.
Like | 0
shirina439 Admin ma'lumot un raxmat
Like | 0
nilufar)) Rasa chozvorwdide wu seryalliyam. hali hindistonda wu kinoni davomyam olinvotkanakan-a?!
Like | 0
nargiz1995 Serial necha qismdan iborat bilmaysizmi men eshitishhimcha 400 qismdan ekan shu rostmi
Like | 0
dunyo1994 nma bo'larkan oxiri tragida bn tugarkan deyiwadi! rostmi???
Like | 0
{Laylo} Rahmat Tarona.net va Umidjon aka!
Like | 0
ulugbek1995 Hozrcha 300 qsmga bordi rv yana ishaniga uylandi ishani qamalp ketgan payt ajrashkan edi
Like | 0
TOPVICK SHENELAGAYAM HAYRONSAN KISHI TELEFON QIMASDAN RANVIRGA ETSAYAM BOLURARDIKU
Like | 0
TOPVICK SSENARIY MUALLIFLARI OBDON RANVIRNI QIYNASHIBDIDE
Like | 0
1-20 21-40 41-49
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное