Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sevara Nazarxon Moskvada katta yakkaxon konsertini beradi

2015 yil 7 noyabr kuni Rossiya poyxtaxti Moskva shahridagi Xalqaro musiqa uyining Svetlana zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Sevara Nazarxonning katta yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi.
Sevara Nazarxon O‘zbekiston davlat konservatoriyasining mumtoz opera yo‘nalishida tahsil olgan. U o‘z faoliyati davrida taniqli ingliz musiqashunosi Piter Gebriel bilan birga ko‘plab ijod namunalari ustida ish olib bordi. Bir necha yillar davomida Markaziy Yevropa va Osiyo bo‘ylab gastrol konsertlarini o‘tkazdi va mashhur BBC World Music Award tanlovining eng yaxshi osiyolik qo‘shiqchi (“Best Asian Artist”) mukofotini qo‘lga kiritgan.
Rossiyalik musiqa ishqibozlari esa Sevara Nazarxonni “Golos”, “Vishka”, “Toch-v-toch”, “Tansi so zvezdami” teleloyihalari orqali yaxshi tanishadi.
7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan konsertda xonanda rus tilidagi “Tak legko” va “Pisma” albomlaridan o‘rin olgan mashhur kompozisiyalarini ham ijro etadi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3928 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevara Nazarxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Damir_95_ Uuu omad
Like | 0
Damir_95_ Uuu omad
Like | 0
NaTaLi Omad Sevara
Like | 0
Braveheart Ooo zo'rku, qachon bizada konsert berarkin, kamnavo bo'p qogan. Lekin, ovozi yoqimlide kak Shahzoda va u manga yoqadi!!!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное