Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xushxabar! 16 yoshli qiz koronavirusni yengdi

Ilgari koronavirusga chalingan bemor to‘liq shifo topgach, Moskvadagi shifoxonadan chiqarildi, deya xabar berdi Moskva shahar hokimining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova.

"16 yoshli moskvalik qiz davolandi va 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasidan chiqarildi. Shunday qilib, Moskvada 9 nafar bemor tuzaldi. Bu yaxshi natija", dedi Rakova.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qiz oilasi bilan yaqinda Italiyadan qaytgan. Onasi u bilan №1-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
"Shifokorlar qizga koronavirus tashxisini qo‘yishdi, ammo onaning tashxisi tasdiqlanmadi va karantin qo‘yilgandan keyin ko‘p o‘tmay ayol kasalxonadan chiqarildi. Qizi maxsus davolash kursidan o‘tdi va ikki hafta davomida alohida xonada izolyatsiya qilindi. Bemorning ahvoli qoniqarli, kasallikning holati yengil edi. Natijada, testlar tanada koronavirus infeksiyasining to‘liq yo‘qligini ko‘rsatdi", dedi Rakova.
U bemorning ahvoli yaxshi ekanligini aytdi va shifokorlarga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
"Hozirda qizning otasi ham tibbiyot markazida shifokorlar nazorati ostida. Erkakning ahvoli qoniqarli, asoratlari yo‘q", – deydi Rakova.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8106 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 16 yoshli qiz, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное