Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi haftadan O‘zbekistonda kunlar asta sekin soviy boshlaydi

Kelayotgan hafta boshidan O‘zbekistonda kunlar asta sekin soviy boshlaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Yangi hafta boshida Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi va ko‘plab tumanlarida kunduz kuni havo harorati maksimumi +25 darajaga ko‘tariladi.

O‘zgidrometga ko‘ra, 26 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan 10-12 darajaga pasayadi. Chunki, prognozlarda 25 sentyabr kuni shimolda harorat maksimumi +37 daraja issiq bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Mazkur ob-havo prognozi O‘zbekistonga hafta boshidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-g‘arbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yog‘ingarchilik olib kelmaydi hisob.

Tog‘lar, ayrim tog‘oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham ko‘p yog‘in bo‘lmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yog‘ingarchiliksiz o‘tishi mumkin.

Darvoqe, sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang to‘zonlar ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1256 | Рейтинг: 0| Рейтинг: boshlaydi, O‘zbekiston, soviy, kunlar, Yangi haftadan, sekin, Asta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное