Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

"Yuventus"-"Barselona": Jamoalarning avvalgi finallari

Bugun 6 iyunda Berlinda Turin va Kataloniya klublari “Yuventus” va “Barselona” Chempionlar Ligasi finalida Yevropaning eng yaxshi futbol klubi nomi uchun kurash olib boradi.
“Yuventus” 12 yildan beri ilk bor ushbu musobaqaning finaliga chiqa oldi va o‘zining tarixida uchinchi bor, “Barselona” esa beshinchi bor va oxirgi o‘n yil ichida to‘rtinchi bor bu musobaqani yutishga harakat qilib ko‘radi. Berlindagi g‘alaba ikkala jamoa bosh murabbiylari uchun ham klublardagi o‘zlarining debyut mavsumlarining ajoyib tarzda yakunlanishi bo‘lishi mumkin. Massimiliano Allegri “Yuventus” bilan birinchi mavsumida Italiya chempionatini yutishga, Luis Enrike esa Ispaniya chempionatini yutib “Barselona” bilan xuddi shunday ko‘rsatkichga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, ikkala jamoa ham ushbu mavsumda o‘z mamlakatlarining kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi, hamda Chempionlar Ligasidagi g‘alaba ularga o‘ziga xos “oltin xet-trik”ni rasmiylashtirishga imkon beradi. “Barselona” uchun bunday natija uning tarixidagi ikkinchi shunday muvaffaqiyat bo‘ladi, jamoa 2008/09 yillardagi mavsumda buning uddasidan chiqqan edi. Kataloniyaliklardan tashqari bir mavsumda uchta asosiy musobaqani yana "Seltik" (1967), "Ayaks" (1972), PSV (1988), "Manchester Yunayted" (1999), "Inter" (2010) va "Bavariya" (2013) klublari yutishga muvaffaq bo‘lishgan.

“Yuve” uchun bu Yevropa chempionlari kubogidagi sakkizinchi finali bo‘ladi. Turinliklar avvalgi 7 finaldan bor-yo‘g‘i ikkitasida yutishgan:
1972/73, "Ayaks"dan 0:1 hisobida mag‘lubiyat;
1982/83, "Gamburg"dan 0:1 hisobida mag‘lubiyat;
1984/85, "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba;
1995/96, "Ayaks" bilan 1:1 durangdan keyin penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:2 hisobida g‘alaba;
1996/97, Dortmundning "Borussii" klubidan 1:3 hisobida mag‘lubiyat;
1997/98, “Real”dan 0:1 hisobida mag‘lubiyat;
2002/03, "Milan" bilan 0:0 durang natijadan keyin penaltilar seriyasi bo‘yicha 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat.
Bu final “Barsa” uchun ham ushbu musobaqaning 8-final uchrashuvi bo‘ladi. Jamoa avvalgi 7 ta finaldan 4 tasida g‘alaba qozongan, 3 tasida mag‘lub bo‘lgan.
1960/61, 2:3 hisobida "Benfika"dan mag‘lubiyat;
1985/86, "Styaua" bilan 0:0 durangdan keyin penaltilar seriyasi bo‘yicha 0:2 hisobida mag‘lubiyat;
1991/92, 1:0 hisobida "Sampdoriya" ustidan g‘alaba;
1993/94, 0:4 hisobida "Milan"dan mag‘lubiyat;
2005/06, 2:1 hisobida “Arsenal” ustidan g‘alaba;
2008/09, 2:0 hisobida "Manchester Yunayted" ustidan g‘alaba;
2010/11, 3:1 hisobida "Manchester Yunayted" ustidan g‘alaba.
“Yuventus” 2002/03 yillardagi Chempionlar Ligasi nimchoragida “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Jamoalar Turindagi 1:1 hisobidan keyin “Kamp Nou”da ham shunday hisobni qayd qilishgan hamda qo‘shimcha taymda “Yuve” futbolchisi Marselo Salayetaning 114-daqiqadagi goli barchasini hal qilgan.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4409 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yuventus, barselona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
998945642004 Omad barsa...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное