Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Jumong-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Choli Qushi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

6 apreldan O‘zbekistonda yangi cheklovlar kuchga kiradi

Joriy yil 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mamlakatda koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra, joriy yil 6 apreldan e’tiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi: 
- shaxsning o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor ko‘rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat’iyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno;
- harakatlanishda hamda savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;
- 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.
Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 298 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10565 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi cheklovlar, O‘zbekiston, 6 aprel, kuchga kiradi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное