Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

«ArMI-2022» xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston 5 ta yo‘nalishga mezbonlik qiladi

«ArMI-2022» xalqaro armiya o‘yinlari joriy yilning 13 avgustidan 27 avgustiga qadar dunyoning 12 ta davlati hududida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bu safar musobaqaning 20 ta yo‘nalishida ishtirok etadi. 34 ta yo‘nalishni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 275 ta jamoa o‘zaro bellashadi.

Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshevning ma'lum qilishicha, mamlakat hududida ilk bor musobaqalar 5 ta yo‘nalishi bo‘lib o‘tadi. 

Jizzaxdagi «Forish» poligonida «Dala oshxonasi» va «Qurolsoz usta» musobaqalari, Samarqanddagi «Sazagan» poligonida «Xavfsiz muhit», Sharqiy harbiy okrugda «Yo‘l patruli» va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida «Sodiq do‘st» musobaqasi o‘tkaziladi.

Mudofaa vazirligi jamoalari Rossiya hududida o‘tkaziladigan «Elbrus halqasi», «Avtozirxli tank-texnika ustasi», «Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi», «Tank biatloni», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Harbiy ralli», «Muhandis formulasi» musobaqalarida, Mo‘g‘ulistonda «Otliq marafon», Belarusda «Ishonchli qabul» va «Qutb yulduzi», Qozog‘istonda «Armiya taktik o‘qchisi» va «Meridian», Venesuelada «Merganlik marrasi», Jazoirda «Desant vzvodi» hamda Eronda «Professional mergan» yo‘nalishlarida ishtirok etadi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 626 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yo‘nalishga, mezbonlik, qiladi, «ArMI-2022», O‘zbekiston, o‘yinlarida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное