Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Barselona” “Almeriya” darvozasiga javobsiz 4 gol yo‘lladi

8 aprel oqshomida Ispaniya chempionatining 30-turida “Barselona” yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar o‘z maydonlarida “Almeriya” darvozasiga javobsiz 4ta to‘p yo‘llashdi.
O‘yinning 33-daqiqasida Lionel Messi o‘ng qanotdan bir himoyachini aldab o‘tgan holda aylanma zarba bilan olis burchakni aniq nishonga oldi, 1:0.
Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar raqib darvozasiga yana 3ta gol urishdi. Suaresning birinchi goli Messinikiga juda o‘xshab ketgan bo‘lsa, o‘yin oxirida u bo‘sh darvozaga o‘zining ikkinchi golini urdi. Suaresning goolari orasida, yosh himoyachi Bartra ham bosh bilan o‘yindagi uchinchi golga mualliflik qilgandi.
Qayd etish joizki, “Barselona” o‘z tarixida hali “Almeriya”ga yutqazmagan va bu an’anani davom ettirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Barselona” peshqadamlik qilishda davom etadigan bo‘ldi.
Barselona – Almeriya 4:0
Gollar: 1:0 – 33 Messi, 2:0 – 55 Suares, 3:0 – 75 Bartra, 4:0 – 90 Suares.
Barselona – Bravo, Dani Alves (Montoyya, 64), Bartra, Adriano, Xavi, Roberto, Pedro, Maskerano, Rakitich (Rafinya, 67), Messi, Suares.
Almeriya – Kuesta, Truxilo, Marin, Navarro, Kasado, Espinosa (Mane, 79), Korona, Vellington (Soriano, 56), Teye, Mendes (Zongo, 72), Bifuma.
Ogohlantirishlar: Maskerano (43), Kasado (87).
Manba:kun.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2455 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Almeriya, barselona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sirojboy Omad Barsaga
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное