Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

«Barselona» o‘z maydonida «Bavariya»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan "Barselona" hamda "Bavariya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Unda 3:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ikki golni argentinalik hujumchi Lionel Messi kiritdi. Darhaqiqat, ushbu gollar bir-biridan chiroyligi bilan o‘yinni bezab berdi.
Bevosita uchrashuv maydon egalarining shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Ayniqsa, Luis Suaresda bir qancha vaziyatlar sodir etildi. Urugvaylik futbolchiga ko‘p jihatdan omad yetishmadi. Katta sahnaga Messi chiqqach, hammasi joy-joyiga tushdi.
O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda Neymar uchinchi golni kiritib, amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Shu tariqa "Barselona" javob o‘yini oldidan ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi.
Yevropa Chempionlar ligasi, yarim final 
Barselona Ispaniya – Bavariya Germaniya 3:0
Gollar: 1:0 – 77 Messi, 2:0 – 80 Messi, 3:0 – 90+1 Neymar. 
Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inesta (Rafinya, 87), Maskerano (Bartra, 89), Rakitich (Xavi, 82), Neymar, Messi, Suares.
Bavariya – Noyer, Boateng, Bernat, Benatiya, Lam, Alkantara, Xabi Alonso, Rafinya, Shvaynshtayger, Myuller (Getse, 79), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (35), Dani Alves (46), Benatiya (52), Bernat (56), Pike (66), Neymar (69).
Manba: www.uff.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2733 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Evropa Chempionlar ligasi, Bavariya, barselona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
dima02 Zor oynadi Hudo hohlisi Barselona Chempion bo'ladi
Like | 0
Dragones Qoyil
Like | 0
NuR_MuZ пишет: | 07.05.2015 | 10:50 #1 Страница с комментарием
NuR_KR Suarez imkonyatlardan togri foydalana olganida hisob yanada yirik boliwi mumkin edi, Never super oynadi 3 ta goldayam Aybi yoq,
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное