Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Mahmud Murodov O‘zbekiston armiyasi safiga qo‘shildi

 
UFC jangchisi Mahmud Murodov O‘zbekiston Respulikasi Qurolli Kuchlari safiga qo‘shildi. Bu haqda sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilgan.

Mahmud Murodov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safiga kirish uchun qasamyod qilgan.
 

 
“O‘zbekiston Respublikasiga va Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman!”, deya yozgan Murodov o‘zining Instagram'dagi rasmiy sahifasida.
 

 
Avvalroq, 32 yoshli jangchi UFC'dagi navbatdagi jangini joriy yilning 22 oktabr kuni braziliyalik Kayo Borraloga qarshi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Maʼlumot uchun, Murodov MMA'dagi faoliyati davomida 32 ta jangda oktagonga ko‘tarilgan bo‘lib, ulardan 25 tasida zafar quchgan va 7 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan.  U 2019 yilning 28 sentyabrida MMA olamidagi eng mashhur promoushen bo‘lgan UFC'da debyut jangini o‘tkazdi. Hozirgacha, Mahmud Murodov UFC'da 4 ta jangda ishtirok etib, 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1489 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘shildi, Murodov, safiga, Mahmud, armiyasi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное