Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston Afrika jamoasini mag‘lub etdi
Namanganda bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana termasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvni katta ustunlikda boshlagan Vadim Abramov shogirdlari 4-daqiqada Otabek Shukurovning zarbasidan keyin hisobni ochishdi. Futbolchilarimiz hujumkorlikni davom ettirib, yana bir qancha qulay vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmadi.
Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Issahaku Abdul Fatavu tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi golga aylandi.
Ammo Jaloliddin Masharipov o‘z goli bilan g‘alabani O‘zbekiston tomoniga og‘dirdi – 2:1.
O‘zbekiston – Gana – 2:1
Gollar: Otabek Shukurov 4, Jaloliddin Masharipov 76 - Issahaku Abdul Fatavu 72.
O‘zbekiston: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Azimjon Ahmedov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Farrux Sayfiyev (Murod Xolmuhammedov, 82), Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Oston O‘runov (Javohir Siddiqov, 69), Sardor Rashidov (Oybek Bozorov, 59), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 86), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 84)
Gana: J.Addo, Yiadom Konadou, Kristofer Netey, Muhammad Al Hassan, Diavusiye Teylor (Daniel, 64), Moro Salifu, Michel Otou (Persius Boa, 82), Issahaku Abdul Fatavu, Rashid Nortey (A.Boateng, 65), Samuel Kuaye, Kvame (Maksvel Kuaye, 87).
Terma jamoamiz navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 29 mart kuni Toshkentda Iroqqa qarshi o‘tkazadi.


Manba:xabar.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1892 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mag‘lub etdi, jamoasi, O‘zbekiston, Afrika
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное