Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

O‘zbekiston Afrikadagi davlatlarga yengil avtomobillarni eksport qilmoqda

O‘zbekiston Afrika va Janubiy Amerikaning ilgari savdo munosabatlari o‘rnatilmagan 13 davlatiga yengil avtomobillarni eksport qilmoqda.
Joriy yil boshidan buyon ilgari o‘z mahsulotlarini eksport qilmagan 830 korxona eksport faoliyatiga jalb qilindi.
O‘tgan davr mobaynida avtobus, oq sement, suyuq va gazsimon argon, travertin va sopol koshinlar, maishiy gaz, elektr va kombinatsiyalangan plitalar, avtomobil o‘rindiqlari, avtomobillarning shtampalangan detallari, payvandlash uskunalari, yangi turdagi konservalangan mahsulotlar va boshqa turdagi qiymati 102 million dollardan ziyod 199 turdagi yangi tovarlar eksportga yetkazib berildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Afrika va Janubiy Amerikaning ilgari savdo munosabatlari o‘rnatilmagan 13 davlatiga (Angola, Uganda, Benin, Chad, Liberiya, Kamerun, Mavrikiya, Madagaskar, Somali, Markaziy Afrika Respublikasi, Dominikan Respublikasi) mineral o‘g‘it, kaolin, yengil avtomobillar va boshqa mahsulotlar eksport qilinmoqda.
«O‘zstandart» agentligi huzuridagi Mahsulotlar eksportiga ko‘maklashish byurosi tomonidan yil boshidan buyon o‘z mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha 1133 korxonaga maslahat xizmatlari ko‘rsatildi, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash, akkreditatsiya, mahsulot eksporti va xalqaro talablarni joriy etish bo‘yicha 29 xalqaro shartnoma tuzildi.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4434 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Afrika, yengil avtomobil, davlatlar, O‘zbekiston, eksport qilmoqda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное