Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘zbekistonda 4K formatidagi ilk telekanal ishga tushiriladi


1 sentabr kuni O‘zbekistonda 4K formatidagi ilk telekanal — Lux.TV ishga tushiriladi. Bu haqda O‘zMTRK raisi Alisher Xodjaev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu MDH mamlakatlari va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk 4K formatli yuqori tiniqlikdagi 24 soat uzluksiz namoyish etuvchi telekanaldir.

AKT vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilayotgan ushbu telekanal O‘zMTRKning texnik va texnologik imkoniyatlarini namoyish etuvchi yuqori darajali brendga aylanadi, deb kutilmoqda.

“Chunki bu telekanal o‘z dasturlari yordamida teletomoshabinlarni a’lo kayfiyat ulashuvchi orombaxsh lahzalarga oshno qilib, mazmunli hordiq chiqarish bilan bir qatorda turmush tashvishlaridan bir muddat uzoqlashib, hayot go‘zalliklaridan bahra olishga chorlaydi”, — deyiladi telekanal ta’rifida.

Telekanalda yosh chegarasi yo‘q, u tunu kun efirga chiqadi. Unda madaniyat va san’at, go‘zallik va moda, hunarmandchilik, turizm, tabiat va boshqa ko‘plab shu kabi mavzularda ko‘rsatuvlar, dasturlar efirga uzatiladi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 6582 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, ilk telekanal, ishga tushiriladi, 4K format
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Wox009 Yoq bu kanal qachan ishga tushadi buxoro olot tumanda ham ocharmikan
Like | 0
dima4436936 Qayerlarda körsatilarkan.BUXORODA YÖQKU
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное