Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 65 ming ayol homilasi abort qilindi


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 25 dekabr kuni 2018-2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qaror sharhida ma’lum qilinishicha, 2013-2017 yillarda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini darajasida 2,1 milliondan ortiq homilador ayol tekshirildi, ularning 65 ming nafarida homila rivojlanishining tug‘ma nuqsonlari aniqlanishi munosabati bilan homiladorlik to‘xtatildi.

Skrining markazlarida 1,1 milliondan ortiq homilador ayol tug‘ishgacha bo‘lgan davr tekshiruvidan o‘tkazildi. Ulardan homiladorlik davri patologik kechgan 210 ming nafardan ortiq ayol dori-darmonlar bilan davolandi. Umuman olganda, homilador ayollarni tug‘ishdan oldin tekshirish natijasida 21 ming nafardan ortiq rivojlanishida tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar bo‘lgan bola tug‘ilishining oldini olish imkonini berdi.

1,7 milliondan ortiq chaqaloqlar gipotireoz va fenilketonuriya (tug‘ma va irsiy kasalliklar) yuzasidan tekshirildi. Hozirgi vaqtda 1407 nafar bemor dispanser nazorati ostida turibdi, shundan keyinchalik nogironlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan progressiv kasalliklarning oldini olish maqsadida tug‘ma gipotireozga chalingan 1117 nafar bola doimiy ravishda bepul dori-darmonlar bilan, 290 nafar fenilketonuriyaga chalingan bola davolaydigan oziq-ovqat bilan ta’minlangan.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida tug‘ma anomaliyali bolalar tug‘ilishining intensiv ko‘rsatkichi 2000 yilga nisbatan 1,8 baravarga kamaydi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3709 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное