Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda diniy ekstremistik tashkilot faoli qamaldi

Jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudi diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik tashkilotlarni tuzgani, ularga rahbarlik qilgani va faoliyatida ishtirok etgani sababli Elyor Baratovni olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
12news.uz`ning shahar sudidagi axborot manbasiga asoslanib xabar qilishicha, Baratov 2007 yilda Rossiyaning Grozniy va Xavasyurt shaharlarida tandir noni yopiladigan nonvoyxonada ishlash jarayonida Davron ismli Qirg‘iziston fuqarosining ta’siriga tushadi.
“Baratov boshqa muhojirlar bilan birga ekstremistik ruhdagi diniy adabiyotlarni o‘rganishga tushadi. U, shuningdek, Javlonbek Artikov rahbarligi ostidagi ekstremistik tashkilotga sadoqat izhor qiladi. 2012-2014 yillarda u surxondaryolik Lutfullo Zoirov, Shahobiddin Bo‘taev va Abdusalim Xaydarovga murabbiylik qiladi.
2014 yilning 1 fevralida Baratov yangi pasport olish maqsadida “Boku-Toshkent” reysi bilan Vataniga qaytib keladi. Farg‘ona viloyatining Avval qishlog‘ida yashab turib, o‘z tarafdorlari bilan aloqani uzmaydi. Andijonda Javlonbek Artikov bilan uchrashib, o‘z telefoniga O‘zbekistonda Konstitusion tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi ekstremistik materiallarni o‘tkazib oladi.
2014 yilning iyulida Toshkentdan Bokuga parvoz qilish oldida undan deklaratsiya qilinmagan advance micro 2gb telefon flesh-kartasi, “nokia e 72” rusumli telefon, “Ritmix RMD-1035″ markali planshet va “SanDisk” adapteri olib qo‘yiladi. Olib qo‘yish jarayonida Baratov adapterni tishlab, ishdan chiqaradi. Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita ekspertlari xulosasiga ko‘ra, flesh-karta xotirasida O‘zbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik materiallar mavjudligi aniqlandi”, - deya oydinlik kiritdi agentlik suhbatdoshi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7978 | Рейтинг: 1| Рейтинг: qamaldi, diniy ekstremistik tashkilot, O‘zbekiston, faoli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное