Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan alkogol va tamaki reklamasi olib tashlanadi

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarga umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish reklamasi va targ‘iboti joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Qo‘mita mutaxassislari qonunchilikka zid reklama aksiyalariga misollar keltirdi. Ulardan birida bitta alkogol ichimlikni buyurtma qilish orqali, ikkinchisini bepul qo‘lga kiritish imkoniyati haqida aytiladi.
Qo‘mita umumiy ovqatlanish korxonalari, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan, jumladan, bunday reklama va targ‘ibotni to‘xtatish haqida maktublar jo‘natdi.
Ba’zi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi, ular reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmaslik haqida ko‘rsatmalar oldi, ularning mansabdor shaxslari esa ma’muriy jazolarni o‘tadi.
O‘tgan yilda qo‘mita tomonidan 560 ta reklamaga oida qonunbuzilish holatlari qayd etilgan. 200 nafar qonunbuzarlardan 121,2 million so‘m jarima undirilgan. 


Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 2521 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, ijtimoiy tarmoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное