Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ishq Jodusi - All I want
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Pazanda - The Sound of Love
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda OAVni ro‘yxatga olish tartibi soddalashtiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga, shuningdek jurnalistlarning kasb faoliyatini himoya qilishga daxldor qonun loyihalari birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar qildi.

Deputatlar o‘z ishini "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdan boshladilar.

Parlament vakillari fikriga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarining faoliyati erkinligini, axborotlardan erkin foydalana olishini, ularni davlat organlarining g‘ayrihuquqiy qarorlaridan, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligidan himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish, shuningdek internet global tarmog‘idagi veb-saytlarni OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish muhim jihat hisoblanadi.

Bundan tashqari, jurnalistlar va ijodiy jamoalarni ularga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish, moliyaviy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning huquqiy mexanizmlari belgilanadi. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, fondlar faoliyatini tashkil etish, shuningdek tahririyatlar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shundan so‘ng "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Shu narsa ta’kidlandiki, ushbu qonun loyihasini qabul qilishning dolzarbligi jurnalistlik faoliyati erkinligini, hozirgi zamon xalqaro tajribasini va qonun hujjatlarini hisobga olgan holda jurnalistlarning huquqiy maqomi, akkreditatsiya qilish instituti tushunchasi hamda akkreditatsiya qilingan jurnalistlarning huquqlari belgilanishini ta’minlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish zarurati bilan bog‘liqdir.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasi davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda hamda jamoat manfaatlariga molik dolzarb masalalarni yoritishda jurnalistlarning nufuzini oshirish maqsadini ko‘zlaydi. Mass-media vakillariga jurnalistlik faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha huquqlar beriladi.

Qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonida manfaatdor davlat organlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, shuningdek soha olimlari va mutaxassislari ishtirokida muhokama o‘tkazildi. Loyihalarni takomillashtirishga doir aniq takliflar bildirildi. Shuningdek hujjatlar regulation.gov.uz portalida omma uchun muhokamaga qo‘yildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra deputatlar mazkur qonun loyihalarini konseptual jihatdan ma’qullab, birinchi o‘qishda qabul qildilar. Mas’ul qo‘mitaga kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ushbu hujjatlarni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash topshirildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3002 | Рейтинг: 0| Рейтинг: OAV, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное