Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Pazanda - Soundtrack
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Pazanda - Im Loving You
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda qorli va yomg‘irli kunlar boshlanadi


Yanvar oyining ilk iliq kunlaridan so‘ng O‘zbekistonga haqiqiy qish keladi. Sinoptiklar qor, yomg‘ir va kunduzgi havo haroratining +3 darajagacha pasayishini va’da qilishmoqda.

Poytaxtda va Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. 5 yanvar kuni ayrim joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. 4 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. 5 yanvar kuni kechasi -3...+2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. 6 yanvar kuni kechasi 0...-5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. 5 yanvar kuni ayrim joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. 4 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. 5 yanvar kuni kechasi -3...+2, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. 6 yanvar kuni kechasi 0...-5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 3 va 4 yanvar kunlari yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) kuzatiladi, 5 va 6 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvar kuni ba’zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, 4-6 yanvar kunlari 0...-5, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 yanvar kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. 5 va 6 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvar kuni ba’zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, 4-6 yanvar kunlari 0...-5, 3 yanvar kuni kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi. 4 yanvar kuni kunduzi +3...+8, 5-6 yanvar kunlari +5...+10 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 yanvar kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 va 4 yanvar kunlari kechasi +3...+8, 5-6 yanvar kunlari -3...+2 daraja bo‘ladi. 3 yanvar kuni kunduzi +13...+18, 4 yanvarda +7...+12 va 5-6 yanvar kunlari +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 yanvar kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 yanvar kuni ayrim joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...+2, ayrim joylarda +5, 3 yanvar kuni +8...+13, 4-6 yanvar kunlari +5...+10 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4 va 5 yanvar kunlari yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. 4-6 yanvar kunlari kechasi -5...-10 darajagacha pasayishi mumkin, kunduzi 0...-5 daraja bo‘ladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9182 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yomg‘irli, qorli, kunlar boshlanadi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное