Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Efir Sirlari - Piano Version
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Choli Qushi-soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. TisMarHan-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berildi, faqat...
Endilikda fuqarolar barcha turdagi pnevmatik qurollarni Ichki ishlar organlari ruxsati bilan olib yurishi mumkin. Bu haqda kecha, 15 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Davron Qosimov ma’lum qildi. 

“Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan 2022 yil 31 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilingan. Ushbu Qonunda barcha turdagi pnevmatik qurollarni ichki ishlar organlari ruxsati bilan olish va olib yurish tartibi belgilangan. Bundan oldingi tartibda qurolni olib yurishga nisbatan ayrim cheklovlar mavjud edi. Jumladan, o‘lchami faqatgina 4,5 millimetr va 7,5 jouldan yuqori bo‘lgan qurollarga nisbatan cheklov o‘rnatilgandi. Endilikda esa ichki ishlar organi ruxsati bilan barcha turdagi pnevmatik qurollarni olib yurishga ruxsat beriladi”, deydi Davron Qosimov.

Qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgartishga ko‘ra, bundan buyon fuqarolarga barcha turdagi kalta stvolli pnevmatik qurollarga egalik qilish taqiqlangan.

“Barcha turdagi kalta stvolli pnevmatik qurollarga cheklov o‘rnatildi. Ya’ni, bunday qurollarga fuqarolar tomonidan egalik qilish taqiqlanadi”, deya ogohlantirmoqda JTSBB boshlig‘i.

Biroq, bunday turdagi qurolning sport ob’ektlarida saqlanishi va undan foydalanish mustasnodir.

“Bundan tashqari, ov quroliga egalik qilish yoshi o‘zgartirildi. Avvalgi tartibga ko‘ra, 21 yoshga to‘lgan fuqaro ov quroliga egalik qila olardi. Endi yosh chegarasi 25 yoshga o‘zgardi”, deya qo‘shimcha qildi vazirlik mas’uli Qosimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurolga egalik qilishning tibbiy cheklovlari ham joriy etilgan. Qolaversa, yarim avtomatik qurollarning hamda baraban qismi to‘rt donadan ortiq bo‘lgan ov qurollariga egalik qilish tartibi o‘zgartirilib, tajriba muddati 10 yilgacha qilib belgilangan. 

Shuningdek, agar fuqaro sudlangan bo‘lsa, uning sodir etgan jinoyat turiga qarab 10 yilgacha qurolga egalik qilishga cheklov o‘rnatilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, bittadan ortiq har bir soyli stvolli o‘qotar ov quroliga, pnevmatik ov quroliga va silliq stvolli o‘qotar ov quroliga egalik qilganlik uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2765 | Рейтинг: 0| Рейтинг: olib, ruxsat, yurishga, berildi, O‘zbekiston, Faqat, qurol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное