Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda “sariq lampochka”lardan foydalanish taqiqlanadi

2016 yil 1 iyulidan O‘zbekistonda quvvati 40 Vtdan ortiq bo‘lgan cho‘g‘lama lampalarni ishlab chiqarish, 2017 yil 1 yanvaridan esa ulardan foydalanish to‘xtatiladi. Istisno holatlar faqatgina shu turdagi lampalardan foydalanish talab qilingan alohida vaziyatlar, masalan, texnologik uskunalar, motorli transport vositalari, tibbiyot va boshqa ixtisoslashgan qurilmalar uchun tegishli bo‘ladi.
2016 yil 1 iyuldan ijtimoiy soha, sanoat va fuqarolik ahamiyatiga molik ob’ektlarni loyihalashtirish, shaharlar va viloyat markazlarida tashqi yoritish ishlarida energiya tejamkor lampalar va energosamarador elektr qurilmalardan foydalanish kshrib chiqiladi.
Nuz.uz sayti ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda 2015 yil 20 oktyabrda qabul qilingan "Tejamkor lampalarning mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarorida bu haqda so‘z boradi. Cho‘g‘lama lampalari o‘rniga esa mahalliy korxonalar tomonidan tejamkor lampa ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
Taxminlarga ko‘ra, yorug‘lik diodli va lyuminessensiya lampalari ishlab chiqarish hajmi 2015 yildagi 6,6 million donadan 2019 yilda 15,7 million donaga qadar oshiriladi.
Jumladan, “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi VestaElectric MChJ XK va PlasticModernity MChJ QK 2015 yildagi 6,4 million donadan 2019 yilda 13 million donagacha tejamkor lampa ishlab chiqarishni boshlaydi. EGL NUR MChJ QK (“Angren” MIZ) va YorqinChiroqlar MChJ QK (“Jizzax” MIZ) 2019 yilda lampalar ishlab chiqarishni 2015 yildagi 0,22 mln donadan 2,2 mln donaga qadar oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda 2010 yil sentabr oyida import o‘rnini bosadigan tejamkor va ixcham lyuminessensiya lampalari ishlab chiqarish boshlangan edi. O‘shanda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida “Neo Sun Light” qo‘shma korxonasi ochilgan. 2011 yil 2 iyunda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Bundan avvalroq esa tejamkor lampalarning inson salomatligiga ta’siri to‘g‘risida xabar qilingan edi. Unga ko‘ra, “cho‘g‘lama”lar bilan bir qatorda, tejamkor lampalar ham ob’ektlarning to‘g‘ri nur qaytarishin buzadi, bu bosh og‘rig‘i, charchoq, madorsizlik va ko‘zning xiralashuviga sabab bo‘ladi. Oq, sovuq rangli yorug‘lik beradigan chiroqlar bilan jihozlangan binolarda ishlovchilarning ko‘rish qobiliyati juda pasayib ketadi. Shu bois issiq oq yoki sariq rangli chiroqlar nisbatan xavfsiz sanaladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5506 | Рейтинг: 0| Рейтинг: foydalanish taqiqlanadi, sariq lampochka, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное