Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda tonirovka uchun jarima miqdori 25 baravarga oshirildi


Transport vositalarini tegishli ruxsatnomasiz tonirovka qilish (ko‘zgusimon yoki qoraytirilgan oynali) uchun jarima eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida (5 mln so‘m) belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, «Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, – eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar oynalari texnik reglamentga nomuvofiq ko‘zgusimon va (yoki) qoraytirilgan transport vositalaridan foydalanish – EKIHning bir baravarimiqdorida jarimaga solinar edi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1783 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, tonirovka
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное