Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Rustam Sa’diev Erkin Komilovning aybloviga javob qaytardi

Biroz oldinroq, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov "Darakchi" nashriga bergan intervyusida nega Rustam Sa’dievning filmlarida ishtirok etmayotganining sababini oshkor qilgandi.
U “O‘gay ona” filmidagi ishtirokini eslab, bu kartinadagi ishtiroki uchun arzimas miqdorda maosh olganini aytgan, bunga norozilik bildirganida rejissyordan "Sizni qaytib filmlarimga taklif qilmayman", javobini eshitganini bildirgandi. U rejissyorning aktyorga nisbatan shunday yomon munosabatda ayblagan.
Shov-shuv.uz sayti bu intervyuga e’tibor qaratgan va ikkinchi tomonni ham tinglab ko‘rishga qaror qilib, rejissyor Rustam Sa’dievga yuzlangan.
Rejissyor esa yozma tarzda javob qaytargan. Quyida ushbu javob kun.uz sayti tomonidan tahrirsiz qayta nashr etilgan.
"O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov salobatli, keng ampluali aktyor, buyuk Shukur Burxondek ustozining haqiqiy maktabini olgan sadoqatli shogirdi - bu haqiqat.
Odatda, film ssenariysi tayyor bulganida, rejissyor har bir obrazda har qanday aktyorlarning ijrosini tassavur qilib ko‘rib, keyin bir rolni ijro etish uchun 5-10 nafar aktyorni kinosinovga chaqiradi. Qaysi biri ma’qul kelsa, o‘shani rolga tasdiqlaydi.
Erkin Komilovga kelsak, men kimni rolga taklif qilsam, oldindan hamma tomonini gaplashib olib, keyin rol bo‘yicha ishlashni boshlayman va iloji boricha, gonorar masalasini o‘zim gaplashmaslikka harakat qilaman. Lekin oxir-oqibat aksariyat aktyorlar rejissyor bilan o‘zim gaplashaman deyishadi (albatta, bu xususiy kino sektorida). Majbur bo‘laman, pul masalasi bo‘yicha ham gaplashishga.
Shuncha gapirgan gaplaridan bir gapimni to‘gri aytibdi: “Men sizni kinoga olmayman”!
Endi meni haqiqatim:
Bu voqeaga 3 yil bo‘ldi. Shahlo Ahrorova bilan hamkorlikda "O‘gay ona" deb nomlangan ssenariyni yozib tugatdik va shu filmda ota roliga bir necha aktyorlarni kinosinov qilishni rejalashtirdik va shulardan biri Erkin Komilovga ssenariy berdim va 2-3 kunlardan keyin.
“Rustam menga ssenariy yoqdi. Kennayinggayam, shu jumladan” deb aytdi.
Bu ota roli aslida Matyoqub Matchonovga mo‘ljallangan rol edi, lekin baxtga qarshi men s’yomkani belgilagan muddatda Matyoqub akaning boshqa s’yomkasi bo‘lgani uchun Erkin akada hech qanday kinosinovsiz to‘xtaldik. Bunga asosiy sabab men Erkin aka bilan birinchi marotaba ishlashim bo‘lgani uchun xolos. O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov men uchun oddiy bir aktyor va albatta, o‘ziga yarasha san’atda o‘rni bor, talantli. Lekin bunaqa aktyorlar bizda ko‘p. Yana Erkin akaga qaytamiz. Xullas, Erkin aka turmush o‘rtog‘i bilan oldimga keldi va men birinchi bergan savolim: 4-5 kun s’yomka qilamiz, siz qancha gonorarga o‘ynab berasiz? Aka andisha qildimi, “Bilmadim, xafa qilmassan” dedi. Shuncha yillik tajribamdan kelib chiqib, men hisobli do‘st degan tushuncha bor desam, Erkin aka bir summani aytdi va albatta, men unga unaqa sharoitim yo‘q, aytganingizning yarmini beraman dedim. S’yomka kunini so‘rab, keyin chiqib ketishdi. Oradan bir necha kun o‘tib, yana qo‘ng‘iroq qildi. Yana shu masala yuzasidan gap ochdim. Shunda Erkin aka “Qo‘shib berolmiysanmi?” dedi. Men ilojim yo‘qligini aytdim. Bo‘lmasa, men sizni umuman kinoga ololmas ekanman dedim. U menga “Unda men och qolar ekanman-da” dedi. Keyin Erkin aka sal kechroq yana qo‘ng‘iroq qilib, “kennaying sening ijodingni hurmat qilarkan, bergan puliga karamang, shu rolda o‘ynang deb aytdi” dedi. Shu bilan s’yomka boshlanib ketdi. Ovoz yozish bosqichi tugagunicha men joyida kelishilgan mablag‘ni tiyin-tiyinigacha qo‘liga berdim. Premera bo‘ldi. Aka juda xursand bo‘ldi. Banketda meni juda qattiq hurmat bilan tilga oldi. Eng qizig‘i, shu voqeaga 3 yil o‘tgan bo‘lsa, shu kungacha qaerda uchrashib qolsak, juda iliq so‘rashib kelgan. Xullas, shunaqa gap. Men bir narsaga hayronman, O‘zbekiston xalq artisti darajasidagi aktyor keng ommaga gonorar mavzusini olib chiqishi to‘g‘rimikan? Bilmadim, tag‘in...
Nima bo‘lgandayam, sizni hurmat kilaman. Sog‘-salomat bo‘lib, tomoshabinni xursand qilib yuring, Erkin aka” – deya o‘z haqiqatlarini bayon qiladi Rustam Sa’diev.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5589 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Erkin Komilov, Rustam Sa’diev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное