Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Rustam Sa’diev: Meni oyoqosti qilmoqchi bo‘lganlarga insof so‘rayman!

Rejissyor Rustam Sa’diev Instagram'dagi shaxsiy sahifasiga Dilnoza Kubayevaning suratini joylab, "E’tirof-2015"dagi yagona xursandchiligi Kubayevaning yuzidagi tabassum ekanini ma’lum qildi.
Rejissyor Rustam Sa’diev “E’tirof-2015” milliy mukofoti taqdirlash marosimida tomoshabinlar qatorida o‘tirgan aktrisa Dilnoza Kubayevani suratga tushirib, uni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi. “E’tirof-2015”da yagona xursandchiligim shu yuzdagi tabassum. Mayli shunisiga ham shukur. Meni oyoqosti qilmoqchi bo‘lgan odamlarga faqat bitta gap: Xudodan imon-insof va o‘zimga sabr so‘rayman. Ijodim xalqimning nazaridan qolmasin”, – deya izoh qoldirdi Sa’diev.

Qiziq, rejissyor yuqoridagi fikrlari bilan nimaga sha’ma qilyapti? Yaqindagina O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov rejissyor Rustam Sa’dievning aktyorlarga  kam gonorar to‘lashini qoralab,  “Darakchi” gazetasiga intervyu bergandi. Bu esa ancha vaqtgacha OAVlarning asosiy mavzusiga aylangan edi. Rustam Sa’diev ham Erkin Komilovning e’tirozini javobsiz qoldirmadi. Balki rejissyorning “E’tirof-2015”  taqdirlash marosimidan ko‘ngli to‘lmagandir. Boisi shu bugungacha bu marosimda “Yilning eng yaxshi filmi” nominatsiyasi sovrinini rejissyor Rustam Sa’dievning “Sotqin” kartinasi olishi kerak degan fikrlar bor edi. Biroq bu nominatsiya “E’tirof”dan olib tashlandi. Shuning uchun Rustam Sa’diev Dilnozaning suratiga yuqoridagi fikrlarni yozib, marosimga nisbatan o‘z munosabatini bildirmoqchi bo‘lgandir. Yana kim biladi deysiz...

Eslatib o‘tamiz, rejissyor ayni damda “Baron” nomli yangi filmini tomoshabinlar e’tiboriga havola etish arafasida turibdi. Filmni suratga olish ishlari boshlangandayoq u haqidagi shov-shuvlar tinmadi. Xorijlik aktyorlarning “Baron”da suratga tushayotganidan tortib, bu film bugunning eng dolzarb muammolarini ko‘tarib chiqayotgani alohida e’tirof etilyapti. 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3094 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rustam Sa’diev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное