Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung kompaniyasi Galaxy E7 va E5’ning rasmiy taqdimotini o‘tkazdi

Samsung kompaniyasi yangi – Galaxy E7 va E5 smartfonlarining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Samsung Tomorrow xabar bermoqda.
Bungacha ushbu smartfonlar haqida faqat mish-mishlar yurgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma dastlab Hindiston bozoriga chiqariladi, biroq keyinchalik boshqa hududlarga ham chiqarilishi mumkin.
Galaxy E7 va E5 smartfonlari mos ravishda 5,5 va 5 dyuymli sensor displeylar bilan ta’minlangan. Ushbu qurilmalar flagman modellar hisoblanmasa-da, kompaniya ushbu smartfonlarni kuchli, chiroyli va qulay, muhimi, yoshlarbop deb ta’riflamoqda.
Smartfonlarning qalinligi 7,3 millimetrdan oshmaydi. Samsung Galaxy E7 va E5’ning ikkisida ham ikkitadan sim-kartada foydalanish mumkin. Birinchi qurilmaning narxi 23 ming rupiy (taxminan 364 dollar) bo‘lsa, ikkinchisi esa 19,3 ming rupiy (taxminan 305 dollar)ga baholanmoqda.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 6714 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Galaxy E7, Samsung, kompaniya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное