Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Efir Sirlari - Piano Version
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 78-qism voqealar rivoji (25.07.2015)

Lakshmi Ishanini haqoratlay boshlaydi. Shunda Ranvir Ishani va Lakshmining o'rtasiga tushadi. Lakshmiga qaraydi. Keyin ortiga Ishaniga qaraydi. "Tashqariga chiq" deganday unga yuzi bilan ishora qiladi. Ranvir eshikni shundoq ochsa Pariklar hammasi eshikni ortida poylab turishgan bo'ladi. 
Ishani ham Ranvirning ortidan chiqadi. Ranvir Ishaniga qaytib oilasi uchun qayg'urmasligini, agar yana shunday qilsa uyni tark etishini aytadi. 

Ranvir zalga tushsa hamma o'sha yerda turgan bo'ladi. Ranvir hayron bo'lib ulardan nima bo'layotganini so'raydi. Shu payt tashqaridan Ishani doktor bilan kirib kelishadi. Lakshmi Ambaga ular gaplashgan doktor kelganini aytadi. 
Ishani hammaning oldida kechagi voqeani oxiriga yetkazish kerakligini, shuning uchun doktorni olib kelganini aytadi. 
Doktor Ishanini jinni emasligini sinash uchun unga har-hil savollar beradi. Ishani bularning hammasiga oqilona javob beradi. 
Doktor: - Ishani jinni emas. Sizlar menga noto'g'ri malumot bergan ekansizlar. 
Hamma biroz o'ylanib turgach Ishani: 
- Yo'q Janob Doktor. Men jinniman. 
Hamma birdaniga Ishanining bu gapidan hayratga tushadi. 
Ishani: - Mening qaynonam xato qilgani yo'q. Nima bo'ldi? Nimaga menga bunday qarayapsiz? Men rostdanam jinniman. Lekin erimga bo'lgan sevgimdan. Xolam aynan shuni deb o'ylagan bo'lishi mumkin. Erimga bo'lgan muxabbatimdan aqldan ozdimmi yoki yo'q. Mening muxabbatimni tekshiradigan psixatrik test yo'q. Xa, men Ranvirni sevaman. tarona.net Uni o'zgartirib bo'lmaydigan darajada sevaman. 
Ishani Ambaga dalili bo'lmasa shu uyda qonuniy yashashga haqqi borligini aytadi. Doktor Ishanini sog'lom deb tan oladi. Ishani doktordan jinnimasligi uchun spravka yozib berishini, uni aqlsiz deydiganlar uchun dalil sifatida ko'rsatishini aytadi. Amba va Lakshmi hechnimani isbotlay olmay xonaga kirib ketishadi. So'ng Ranvir va Kaylash ham zaldan ketishadi. Pratik va Devarsh Ishanini tabriklaganday uning yoniga kelishadi. 

Chirag va Rishi haxar shifoxonasiga kelishadi. 
Rishi: - Chirag, nimaga meni bu yerga olib kelding? 
Chirag: - Shaneyla mana shu shifoxonada yotibdi. 101-palatada. 
Rishi: - Xo'sh biz Shaneyla bilan ko'rishgani keldikmi? 
Chirag: - Shaneyla bilan emas, uning akasi bilan. Bizga Girish kerak, va biz uni shu yerdan qidiramiz. 
Rishi: - Bu yerda politsiya hodimlari ko'p, nimaga u bu yerga keladi? 
Chirag: - Politsiya biladi, Girish singlisi uchun Ranvirni otganini. 
Chirag Rishiga hammasini tushuntirib, kasalxonaga kirgazib yuboradi. Rishi kasalxonada Girishni ko'rib qoladi. U singlisini yoniga keladi va birozdan so'ng ketadi. Rishi ham uning ortidan tashqariga chiqadi. Chiragga "Ana u" deganday qilib qo'li bilan Girishni ko'rsatadi. So'ng mashinaga chiqib uning ortidan boraylik deydi. Chirag bunday qilmasligini aytadi. 

Ishani va Falguni birgalikda hasratlashadi. Chaytali Sharmanga Ritikaga tezroq uylanishini, Ambaning Ishani uchun uyushtirgan tomoshasini, agar yana biror nima bo'lsa ko'chada qolishlarini aytadi. Sharman bu gaplarga biroz norozidek ko'rinadi. Chaytali hayolida yana mo'jizavy sharbatini o'ylaydi va Sharmanning yo'talayotganini ko'rib unga dori sifatida o'sha sharbatidan bermoqchi bo'ladi. Oshxonaga kirsa Ishani Amba uchun damlama tayyorlayotgan bo'ladi. U Ishani bilan biroz suxbatlashadi. Ishani bir nimani unutganini aytib, Chaytaliga damlamaga qarab turishini aytib chiqib ketadi. Chaytali ikkita stakan oladi. Ishani va o'zi damlagan damlamani ularga quyadi. Ishani shu payt oshxonaga keladi. U Chaytali Sharman uchun tayyorlagan mo'jiza sharbatini oladi. Chaytali es Amba uchun tayyorlangan damlamani ko'tarib chiqib ketadi. 

Amba Lakshmiga Ishani haqida tinimsiz o'ylayotganini aytadi. Uni boshqa erkak bilan birga bo'lishini, so'ng shuni dalil qilib uni uydan chiqarib yuborishini aytadi. 
Ishani Ambaning yoniga damlamani ko'tarib kiradi. Uni ichsa harorati tushishini aytadi. Amba Ishaniga unga zahar qo'shgandirsan deydi. Ishani damlamani o'zi tayyorlaganini aytadi. Amba esa Ishaniga avval uni o'zi ichib ko'rishini, agar unga hech nima bo'lmasa keyin o'zi ichishini aytadi. 

Chaytali sharbatning natijasini bilish maqsadida Sharman va Ritika uchrashgan restoranga boradi. Gazetani o'rtasidan teshib olib, ko'zoynakni taqib olgan holatda ularni kuzatadi. Retorandagi bir ofitsant uni harakatini kuzatib o'g'ri deb o'ylaydi. 

Amba damlamani Ishani ichishini aytib turgan payti Ranvir kelib qoladi. Ishani Ranvirga kechirishi uchun shunday qilayotganini aytadi. Ranvir "To'g'ri" deydi. Amba damlamani Ishaniga uzatadi. 

Restoranda Ambadan shubxalangan ofitsant politsiyani chaqiradi. 

Ishani damlamani hammasini ichib yuboradi. Amba Ishaniga damlama yoqqanidan hammasini ichvorganini aytadi. Ranvir esa Ishanining yordamiga muxtoj emasligini aytadi. Ishani unga tushuntirishga harakat qiladi va xonadan chiqib ketadi. Eshik oldiaga yetganda hizmatkor damlama olib kiradi. Ishani Ranvirga qaragancha yana indamay chiqib ketadi. 

Sharman va Ritika restorandan chiqib ketishayotsa, Chaytali o'ylanib qoladi. "Men bergan damlama ta'sir qilmadimi? Naxotki u Ishani tayyorlagan damlama bilan almashib qolgan bo'lsa. Yo, Xudoyim". 
Shu payt politsiya hodimlari kelib uni ushlashadi. Chaytali o'zini tanishtirib, o'g'lini kuzatyotganini, josuslik qilayotganini aytadi. Politsiya uni olib ketadi. U bilan suxbatlashib uni qamab qo'yadi. 

Ranvir xonasiga kiradi. O'zini biroz pardozlab yana tashqriga chiqib ketmoqchi bo'ladi. Eshikni oldiga borib qarasa, eshikka qulf osilgan bo'ladi. Ortiga qarasa Ishani chiroyli qora kiyimda deraza oldida turadi. Ishani hayolida: "Men bilaman, siz hozir meni sevib qolasiz. Men bugun sizga aytaman, sizni qanchalar kuchli sevishimni". 

Mitish va buvisi kelib Chaytalini xibsdan ozod qilishadi. Buvijon nima uchun shlyapa va ko'zoynak taqib olganini so'raydi. Chaytali Sharman va Ritikani kuztish uchun qilganini aytadi. Mitish va buvisi Chaytaliga tanbex beradi. 

Ranvir: - Nima uchun eshik yopiq? 
Ishani Ranvirga kalitni ko'rsatadi, so'ng uning yoniga asta nozlanib keladi. Ranvirning o'qli tumorini bo'yniga taqib oladi va raqsga tusha boshlaydi. (Musiqa ostida Ishani va Ranvirning raqsi.) 
Amba va Lakshmi zalda tursa bir qiz kirib keladi. U RV ni so'raydi. Amba undan nima uchun kelganligini so'raydi. tarona.net Qiz bu yerga RV bilan tonggacha birga bo'lishi uchun kelganligini aytadi. Ambaning jaxli chiqb ketadi va oyoq kiyimini yechib qizni urib, quvlay boshlaydi. Lakshmi va Amba uni quvib yuboradi. Laskhmi Ambadan Ranvirni bu qilig'ini to'xtatishini so'raydi. Amba ham Ranvirning yomon yo'lga kirib ketayotganligini bilib uni bu yo'ldan qaytarishni o'ylaydi. 
Ishani va Ranvir raqs tushishib turgan payt Ishani kalitni yerga tashlab yuboradi. Ranvirning taftidan orzularga berilib, ko'zlarini yumib oladi. Ranvir esa yerdan kalitni oladi va Ishaniga kalitni ko'rsatib eshikni ochib xonadan chiqib ketadi. Ishani ortidan qaragancha xonada qolib ketadi... 

VIDEO TURINI YUKLASH


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 21509 | Комментарии: 31 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Senga Oshiqman, Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 311 2 »
2336278 Vada bergandingiz. Admin. Bugun yakwanba kuniga
Like | 0
ZULFIZAR 79-qism qachon chiqadi
Like | 0
Jan_91 Raxmat
Like | 0
mahbub_1986 админ вокеалар ривожи аник бир вактда ёзинг
Like | 0
markobey Salom 78 qsimni vdeo kurinishini qachon qoyasiz admin
Like | 0
mahbub_1986 79-качон чикади
Like | 0
Jan_91 Raxmat
Like | 0
Bb 79 qism keeeeraaaak katta raxmat ADMIN
Like | 0
azbaxromov Admin nega izohlar kech kiritiladi yoki ba'zida umuman kiritilmaydi?:)
админtekshiruvdan o'tadi, talabga javob beruvchilari korinadi, qolganlari o'chiriladi, batafsil bilmoqchi bo'lsangiz shu manzilda yozilgan: http://www.tarona.net/faq
Like | 0
ulday0303 Raxmat ADMIN KATTa raxMaT
Like | 0
raxa Raxmat admi
Like | 0
nodira2806 rahmat Admin )
Like | 0
Sunnatcheek Ishani va AR qaysi seriyasida ajrawiwadi?
Like | 0
Anjilena Raxmat Admin
Like | 0
omina1710 raxmat Admin serialni ko'rishda va keyingi qismlarini o'qishni kutib qolamiz sizlardan
Like | 0
Irodabonu Admim kotta rahmat charchamang iwlarizga omad
Like | 0
Janona0188 Raxmat admin... ishizga omad
Like | 0
ZALATOY Bugung qism zor bolarkan raxmat admin
Like | 0
k_a_v_k_a_z Wunaqa wekl
Like | 0
TOPVICK RANVIR HATTO ISHANINI KORGISIYAM KEMAYAPTI.RANVIRNI TUSHUNSA BOLADI.QAYSI ERKAK RAFIQASINI BOSHQASI BILAN KORSA HAM HECH NIMA DEMAYDI.RANVIR ALAMZADALIGIDAN ICHKILIKKA BERILDI XUDDI RAHUL JAYKARGA OXSHAB
Like | 0
1-20 21-31
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное