Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali 81-qism (Voqealar Rivoji 29.07.2015)

Senga Oshiqman seriali hali beri tugamaydi! Hozirda bizga 81qism namoyish etilmoqda! Hali bundan tashqari ya'na kamida 150dan ziyod qismlar mavjud! Serial rejissiyori kinoni rasa chaynavotdi! Tomoshabinlar shunchalik qiziqish bilan ko'prayotganlarini inobatga olib, rasa cho'zvotdi. To'g'ride, Ular kinoni tugadib qo'yganidan ko'ra, filmni davomini suratga olishsa ko'proq foyda keltiradi! Shuning uchun serial ijodkorlari voqealarni rasa aylantirshgan, Ranvir hamda Ishani yarashadi ham, ammo ma'lum vaqtdan so'ng ular rasman ajrashib, Ishani boshqa yigitga turmushga chiqadi desam ishonasizmi? Ha, aynan shunday bo'ladi. Bu hindlarni sevgisi juda qiziq ekan. Hozir Ranvir uchun yonvotgan qiz ertaga boshqa yigit uchun yonadi!
Ritikachi? Men faqat RV ga turmushga chiqaman degan qiz, Darrov Sharmanni yoqtirib qolarkande!
Hindlarda sevgi boshqachamikin? Yoki film shunaqami?
Endi biz o'zimizni Bu KINOdeeee. deb o'vitarkanmizde???

ESLATMA:Yuragi og'ir va asabiy tomoshabinlarimizdan bu serialni ko'rmasliklarini so'rardik, Chunki davomi judayam o'zgacha tus oladi!


Bundan avvalgi 80-qism voqealar rivojini o'qish (manba)

81-qism voqealar rivoji:
Ranvirni Ishaniga aytgan so'zlaridan Ishani shokda! Shunda Manasning onasi Manasni olib to'y marosimidan olib chiqib ketadi. Shunda Manas onasini to'xtatadi. Manas Ranvirni yoniga boradi.
Manas: Nimaga? Nimaga bunday qilding? Seni xoting bilan muammolaring bor ekan, bunga nega Dishani aralashtirding? Uni aybi nima? Sen bularni barini bilar ekansan, nega bu haqida bizga aytmading? Nima keragi bor edi, Rishini bu yerga olib kelib, tomosha qo'yishni? Seni hurmat qilardim. Sevgan inson, boshqalar sevgisini ham chunadi deb o'ylagandim. Adashgan ekanman! Seni juda ko'p puling bor, ammo sevging yo'q!, deb Ranvir bilan talashadi. Shunda Rishi kelib, ex Manas nimalar deyapsan? men ham sen ham oppoq emasmiz. Hatto Disha ham. U sen o'ylagandek emas, nega sen u uchun hayotingni barbod qilishing kerak, deydi.
Shunda Dishani jaxli chiqib ketadi, Rishini yoniga borib, unga tarsaki tushiradi.
Disha: Men emas, sen o'zing shunday insonsan! Sen eng ablax, yolg'ochisan! Manasga nima deganding? Biz barchamiz shunaqamiz, deganmiding? Yo'q Rishi, biz unday emasmiz. Sen Manas haqida nimani ham bilarding. (bu so'zlarni eshitib, Ranvir va Rishini ensasi qotdi). To'ygacha kelib, sen meni qabul qilishingni juda hohlagandim. Ammo bu sodir bo'lmadi. Lekin bilasanmi men bundan hursandman. Sendek ablaxga turmushga chiqganimda bir umr azoblanib yashardim. Yaxshiyam kelding? Endi seni asl basharangni bilib ham oldim. Manas, siz judayam yaxshi insonsiz. Meni kechirib bo'lmaydi. Meni kechiring, sizga barchasini avvalroq aytishim kerak edi. Men sizni yoqotib qo'yishdan juda qo'rqdim, shuning uchun bularni sizdan yashirgandim. Men faqat o'zimni o'ylagan ekanman. Manas, ketishingiz mumkin, lekin agar kechirolsangiz meni kechiring deb Disha Ishanining oldiga borib yeg'laydi. Manas o'ylanib qolad va shunday deydi,
Manas: Men ketmayman. Men bu to'yga roziman! Seni men juda qattiq sevaman. Naxotki seni qiyin paytingda tashlab ketsam. Agar bugun men bor haqiqatni bilib, seni tashlab ketsam, bu mening eng katta hatoyim bo'ladi. Disha men seni va farazndingni qabul qilishga tayyorman. (Ishani va boshqalar bu so'zlarni eshitib juda ham quvonib ketishadi, shunda Ishanining ko'zi chetdagi Ranvirga tushadi, u ko'zlarini yumib, tarona.net sayti ex xudoyim o'zinga shukur deyotgandek edi huddi, Ishani buni sezadi, Ranvir atayin Disha baxtli bo'lishi uchun shunday yo'l tutganini sezadi.)
Manas va Disha olov atrofida aylanib turmush qurishadi. Ranvir Rishiga raxmat deb, ketishi mumkingini aytadi. Rishi ketadi. Yo'lda uni Chirak to'xtatib, nimaga Dishaning to'yiga borganligini so'raydi.
 
Ravnir va Ishani o'z xonalarida yana torishiadi. Ishani kiyimlarini taribga solayotgan payt,
Ranvir: Juda yaxshi, oxiri ketishga axt qilibsande, kiyimlarini yeg'ishga o'zim yordamlashaman, sen bu uyni meni hayotimni qancha tez tark etsang shuncha yaxshi bo'ladi.
Ishani: Siz nima deb o'ylagandingiz? O'zingizni hammadan aqlli deb o'ylaysizmi? Siz qilayotgan ishlaringiz haqida meni bilmaydi debmi? Ammo mening ko'zlarim huddi otamniki kabi ko'radi. Mening otam hech qachon siz haqingizda yanglishmagan, qanday qilib men hato o'ylashim mumkin? Bugun siz qilgan barcha ishlar bir tomosha edi. Siz Rishini nima sabab olib kelganingizni bilaman. Siz barchani oldida Rishini yomonligini, Manasni esa yaxshiligi ko'rsatdingiz. Dishani ham ko'zini ochib qo'ydingiz. Endi u Manas uni qanchalar sevishini, u uchun qanday keskin qaror qabul qilganini biladi. Boshqa bunday hato qilmaydi. Siz hech qachon yomonlik qilmaysiz. Bugungi qilgan ishingiz ham Dishani kelajagi va baxti uchun edi.
Siz qancha yomon gapirsangiz ham maylin. Ammo siz yashiryotgan tuyg'u, ko'zlaringizda namoyon bo'lmoqda. Bularni bugun hech kim sezmagan bo'lishi mumkin, ammo men buni ko'rdim.
 
Ranvir esa, Ishanidan nafratlanishini, ko'rishni ham hohlamasligini aytib xonadan chiqib ketadi. Ishani esa uni orqasidan gapiradi,
Ishani: Mendan qancha nafratlansangiz ham maylin, lekin sevgingizni berkita olmaysiz, endi siz ham bilasiz men sizni butun vujudim bilan sevaman.
Ranvir orqasiga o'girilib, shunday deydi: Men bir kun shunday deyishingni bilardim, lekin endi kech. Sen bu gaplarni seni Chirak tashlab ketgani uchun aytyapsan. Senda hozir meni tanlashdan boshqa yo'l yo'q. Shuning uchun sen bu munosabatimizni saqlab qolishga harakat qilyapsan. Sen meni juda yaxshi bilasan-a? Unda sen bir narsani unutibsan, men hech qachon xiyonatni kechira olmayman, unutolmayman.
Ishani: Yaxshi, mening xiyonatimni unutmang, Men esa sizni sevgingizni unutmayman.Endi men aytaman... Siz mening sevgilimsiz, Sizga oshiqman...
(Nigohlarning, bir-biriga tikilishi, Ranvir va Ishani qarashlari, Sevgi ko'zlaridan ko'rinib turardi.)
Ranvir xonada qoladi. Ishani tungi koylagini kiyib, oyna oldida, o'ziga oro beradi, orqasida esa kravatda kitob o'qib o'tirgan Ranvir Ishaniga ba'zi ba'zida qarab qo'yardi. Albatta Ishani Ranvirni o'ziga qaratishga harakat qilardi. (Ex baribir sevishini bildirib qo'yadide, bu bola)
Ishani kelib Ranvirni yoniga o'tiradi. Bu birinchi marta ular bir kravatda yotishlari edi. Ishani Svetni o'chiradi, Ranvir esa: nega o'chirding, ahr men kitob o'qiyabmanku, deb yana svetni yoqadi.
Ishani: Sizning rafiqangiz yoningizda, siz esa kitob o'qiysizmi? Undan ko'ra meni bir umrga o'qing.
Ranvir: Menga qara, sen nima qilsang ham meni etiborimni tortmaydi, chunding.
Ishani: Men shunchaki anavi Raman haqida aytgandim. Uni menga olib bering, Chunmadim siz nima deb o'yladingiz, deb kulib qo'yadi. Ranvir unga kitobni olib beradi. Ishani huddiki kitob o'qigandek uni ochib termuladi. U xatto kitobni teskari ushlab olganini ham sezmaydi.
Shunda Ranvir: Men sening xayolingda nima bo'layotganini bilmayman, ammo sen hech qachon hayotingda roman o'qimaganiningni bilaman.
Ishani shundan so'ng kitobga yaxshilab axamiyat berib, uni teskari ushlab olganini ko'rib qoladi.
Ishani: Vaqt o'tgan sari hammasi o'zgar ekan. Faqat sevgi uchun yashagan inson, endi huddi kimdir o'lgandek yaxshamoqda. Sizni hayotingiz davomida faqat birgina qiz bo'lgan. Avval siz faqat meni sevardingiz. Endi esa siz sevgi degan so'zni eshitishni ham hohlamaysiz. Ammo bir narsa borki, u hech qachon o'zgarmaydi. Misol uchun, men sizning rafiqangiz edim va bir umr shunday bo'lib qoladi. Balkim vaqt barchasini o'zgartirar, ammo bizning munosabatimizni o'zgartirolmaydi.
Ranvirni jaxli chiqib turib ketmoqchi boladi, Ishani uni to'xtatadi. Ranvir siz ketolmaysiz, avval suxbatimizni yakunlaylik, keyin ketishingiz mumkin, deydi.
Ranvir:Suxbatimiz boshlangan vaqti tugab bo'lgan. Yodingdami, bizning birinchi kechamizda nima deganding: "Men bu nikoxni tan olmayman men sizni tan olmayman" deganding. Endi men senga shunday deyman, Men bu nikoxni tan olmayman, men seni ham tan olmayman. Men seni yuzingni ko'rishni istamayman. Chunki sen menga bir narsani yodimga solasan. "Chiroyli yolg'onchi, hafli inson!
 
Ishani yeg'lavoriy deydi, bir paytlar Ranvir unga aytgan gaplarni eslaydi, Ranvir Ishani menga seni faqat tabbasuming kerak degan gaplarini eslaydi..
 
So'ng Ishani Ranvirni ko'zi berkitishga urinadi. Agar siz meni ko'rishni hohlamasangiz men ko'zlaringizni berkitaman, ammo tabassumingizni ko'rishni istayman, deb chiroqni o'chirmoqchi bo'ladi. Ranvirni bu Ishanining qiliqlaridan jaxli chiqib ketadi, ko'zidagi yopong'ichni yechib, bo'ldi yetar Ishani. Sen hohlayotgan narsani ololmaysan. Mening kulgumni ham, mening sevgimni ham, mening do'stligimni ham.! tarona.net sayti ma'lumotlari Sen uyimdan keyitishni hohlamaysanmi? maylin ketma, Sen ajrashishni hohlamaysanmi? maylin ajrashma! Ammo bir narsani unutma! Sen menga yaqin kelishing mumkin, ammo mening yuragimga kirib borolmaysan. Sen bizning to'yimizdan keyin ham, uni yoniga borgan kuning, sen faqat mening yuragimni emas, mening hurmatimni ham yo'qotding. Shuning uchun iltimos, meni hotirjam uxlashimga qo'y, deb jaxil bilan yotib oladi. Ishaniga bu gaplar og'ir botadi.
 
Erta tongda, Ranvir xonasidan chiqgan payt uni Cheltani ko'rib qoladi, ey Ranvir bu nimasi deb so'raydi, Ranvir nimani aytayotganini bilmay hayron. Cheltani Kiyminga lab bo'yog'i teygibdiku, deydi. Ranvir birdan uyalib, qizarib, teskari o'grilib oladi.
Cheltani: Menimcha kecha tunda uxlamagan ko'rinasan. Kichik hato katta janjalga olib kelgandi, menimcha bu bo'sa barchasiga nuqta qo'ygan chog'i! Qanday Ramantika!
Bu suxbatni chetdan Ishani kuzatib turardi.
Ishani: Kelin oyi nega unday deysiz? hech xazil qilishingiz qolamadida! Sizchi Ranvir, nega qizlarga o'xshab uyalib turibsiz? ahr bu begona qizni emas, o'z xotingizni bo'sasiku! Kelin oyi bularning bariga sizning sexli sharbatingiz sababchi. Undan menga yana tayyorlab bering, deydi. Cheltani rozi boladi
 
Ularni bu suxbatini Lakishmiy eshitib turgan edi, U yugurgancha borib, bu haqida Ambaga habar beradi.
Ambani jaxli chiqib ketadi, Bu Ishani va uning buvisi faqat mening qonimni ichish bilan ovora, biror chora ko'rmasam bo'lmaydi, deydi. So'ng Ritikaga qo'ng'iroq qiladi. Ritika ham ayni shu payt ularning uyiga endi kirib kelgan edi, U Ranvir bilan ish bo'yicha gaplashgani kelgan. Amba Ritikaning telifoni shu yaqin orada ekanini eshitib, tashqariga chiqadi, va Ritika bilan ko'rishib, uni xonasiga olib kiradi.
Amba Ritikaga RV dan hovotirda ekanligini, u ancha o'zgarganini, uni yolg'iz qoldirmasligini aytadi. Iloji bo'lsa Ranvirni biroz aylatirib, sayirga olib chiqishini, shunda RVni kayfiyati ham ko'tariladi, deydi.
Ritika: Maylin, men Ranvirni yolg'iz qoldirmayman, Uning xolidan o'zim habardor bo'lib turaman. Uni o'zim aylantirib kelaman.
Amba: Iloji bo'lsa bugun uni uchrashuvga taklif qilib, birga aylanib kelinglar, Ritika iltimos, menga vada ber.
Ritika rozi bo'ladi, keyin o'ylanib qoladi, ahr bugun uni Sharman bilan uchrashuvi bor edi-da! Qiziq endi u qanday yo'l tutarkin.
Davomini endi keyingi sonlarda yozaman!

 
 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Manba:tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 26602 | Комментарии: 41 | Рейтинг: 3| Рейтинг: Senga Oshiqman seriali, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 411 2 3 »
Janona0188 Umid aka sizga katta rahmat.. voqealar rivojini voxtizni ayamey yozganiz uchun. Uqib xuddi kurgandek bulaman raxmat sizga ishlarizga omad tileman
админArzimidi, sog' bo'ling.
Like | 0
MAGGI 82 qismini voqealar rivojini qachon yozasiz ADMIN
Like | 0
Xursandbek95 Kattakon raxmat admin qo"llaringgiz dart ko'rmasin va toliqmasin
Like | 0
lonely Bularni hammasi ranvirni tuwi bo'ladimi???
Like | 0
nurik7717 Kinoni davomida ritika yovuz bulib qolarkan bunga sabab nima admin shu haqida yozishizzi iltimos qilardm admin
Like | 0
Tima_time rahmat.men ham uqiyman kurishga hojat yuq.
Like | 0
suxrob96 Bu kinoni ko'rishdan to'lk qolmadi
Like | 0
Damooo Ha endi Ranveer boshqaga uylangandan keyin Ritikayam yolg'iz o'tmidiku yaxshisini uchratsa tegadi lyuboyi. Lekin shu serial tushimdayam tinch qo'ymayapdi.
Like | 0
TOPVICK AYNIQSA RANVIRNI ISHANIGA CHIRAK YONIDAN KEGANINGDAN KEYIN MANI TANLISANDE,OZINI OQLAVOLISH UCHUN DEGAN JOYLARI TASIRLI.MAN SHU GAPLARNI RANVIRDAN OLDINROQ KUTUDIM
Like | 0
TOPVICK MANAS ETVURADIDE.RANVIRGA TUHMAT QILGAN,RANVIR BILAN OILASINI KOCHAGA HAYDASHLARIGA SABABCHI BOLGAN SHU DISHAKU.RANVIRNI TOLIQ HAQQI BOR BU GAPLANI ETISHGA
Like | 0
Mohlaroyim Ranvir yana Ishanini qatiq sevib qoladi. Lekin unda kech böladi. Chunki Ranvir Ritikaga uylangan. Ishani esa Shekxar digan bola bn birga böladi
Like | +1
4716163 Rahmat admin.
Like | 0
gulnoz010 Adminga katta rahmat
Like | 0
suxrob96 Xindlardi sevgisini chunib bolmas ekanda
Like | 0
NaTaLi Filmni korgandan kora shu yerda oqib tugatgan yahshiroo. -D
Like | 0
riko9292 umid sizga raxmat ishingizga omad zor chiqipdi 1 gap sevishganlar dayim birga bolavermaydi xayotta xam kino dayam tarona.net dayim birchi boling
Like | 0
Kim_Tan Shu serialni ko'rib yuragim og'riydi,ko'rmay desam chidolmayman.Asabiy bo'lib ketyabman.Kunu tun shu kino xayolimdan ketmay qoldi?Xammada shundaymi yo men jinni bo'p qolyapmanmi?
Like | 0
tolik_9500 Admin rahmat
Like | 0
shayx1120 Iloji bo'lsa boshdagi qismlarni ham joylashingizni iltimos qilib qolardim.ijodlaringizga omad
Like | 0
ulugbek1995 ADMIN QOYIL MENING SEVGMNI HAM ISHONCHMNI HAM TARONA.NET MALUMOTLARNI HAM YOQOTDING fr
Like | 0
1-20 21-40 41-41
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное