Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman seriali Haftalik Voqealar rivoji (91-96 qismlar)
Assalomu alaykum hurmatli mening sevimli o'quvchilarim, muxlis va muxlisalarim! Sayt ma'muriyati sizlarga habar berganidek men endi kunlik voqealar rivojini yozmayman. Mening yozmay qo'yganim sabab, bir foydalanuvchi voqealar rivojini yozishga tushibdi, bu albatta yaxshi, ammo o'zi mustaqil yozsa yanada yaxshi bo'lardi, boshqa saytdan, boshqa inson soatlab mexnat qilgan maqolani olib, menki, buni o'zim yozdim deb saytga yuklash endi erkakni ishi emas! Sayt ma'muriyati buni bilmagani uchun ham, maqolani faollashtirishgan chunaman, ammo Sherzod yaxshi ish qilmagan, shu sabab uning yuklagan maqolalari saytdan bir umrga o'chirildi!

Unga sayt raxbariyati nomidan: maqola yozadigan bo'lsangiz, o'zingiz mustaqil yozing, boshqa saytdan olib o'g'irlab yozmang, degan mazmundagi xat yuborilgandan so'ng, u o'z ma'lumotiga izoh tarzda: Hammdan uzr so'rayman, ammo endi boshqa voqealar rivojini yozolmayman, Tarona.net saytiga omad, tarzidagi fikrni bildirgan!

Shu izohning o'zi maqolalarni o'zi yozmaganining isbotidir!
O'zi yozmagan narsani meniki deyish, juda hunuk deb hisoblayman.
Ayniqsa boshqa saytda turgan tayyor loyiha va dizayinlarni olib, o'z saytida joriy qilish mutlaqo noto'g'ridir!

Shu o'rinda boshqa sayt ma'lumotlaridan noto'g'ri foydalangan foydalanuvchi, hamda shaxsan o'z nomimdan va sayt ma'muriyati nomidan barchadan uzr so'raymiz! Ha yana o'sha maqola mualliflaridan ham uzr so'raymiz. Biz ularning barini hurmat qilamiz! Ijodlariga omad!

Tarona.net boshqa inson mexnati qadirlaydi, boshqa sayt maqolasi va loyihasini meniki demaydi...
Hech qachon o'g'rilik bilan shug'ilanmaslikga harakat qiladi.
Biror bir foydalanuvchi boshqa maqolani meniki deb joylgan bo'lishi va sayt ma'muriyati buni sezmagan bo'lishi mumkin! Agar shunga o'xshash xolatni sezsangiz bizga admin@tarona.net manziliga aniq dalillar bilan habar yuboring, biz albatta tekshirib ko'rib u maqolani saytdan o'chiramiz!
Barchadan hatolik uchun yana bir bor uzr so'raymiz...

Endi esa marxamat xurmatli foydalanuvchi, siz uchun seralning navbatdagi haftasida bo'luvchi voqealar rivoji haqida qisqacha:
(eslatib o'tamiz, endi kunlik voqealar yozilmaydi

Tarona.net kimningdir harakati va aynan nimadur gaplar tufayli loyihasini to'xatmagan va to'xtatmaydi ham! 
Shunchaki biz bu voqealar rivojini yozmasligimiz sababi: muallif tatilda!!!
)


Disha Manas bilan janjalashganda hushidan ketib qoladi, Manas uni Pareklar uyiga olib keladi, U yerda shifokor Dishani ko'rikdan o'tkazadi. Endi Disha va Manas ham shu yerda yashay boshlashadi.
 
Ranvir Ishanini uyga qaytarib olib keladi, ular birgalikda yo'lakda xonalariga qarab ketishardi, yo'lak tugagach ikkalaligi boshqa-boshqa xonaga kirib ketishadi, qanchalar alam, bundan Ranvir ham Ishani ham azobda. Ammo bir kun oldin bir-birlari bilan janjalashib, ajrashaman degan er-xotin birdaniga avalgidek yarashib ketisholmasdi.
 
Ranvir ko'chada kuchli yomg'irda azob chekib yurardi, Ishani bilan qanday munosabatda bo'lishiga boshi qotgan, qayerga borishni bilmaydi, birdan Ritikaning uyiga borgisi kelib qoladi, ular birgalikda suxbatlashishadi, Ularni suxbatlashib o'tirshganini SHarman ko'rib qoladi, endi Sharman Ritikadan yanada ko'proq rashq qilishni va shubxalanishni boshladi, U Bu haqida Ishaniga aytadi. Ishani Ranvirga ishonsada baribir nega Ranvir Ritikaning uyiga borganini o'ylardi.
 
Falguni Ishani hamda Ranvir haligacha birga yarashib ketishmagani,  hamda ular boshqa-boshqa xonada yotishganini bilib qoaldi va Ishaniga bunday qilma, u bilan aloqalaringni tikla deb maslaxat beradi, Ishani ham Ranvir ham aloqalarini tiklashga urinishardi, ammo qanday qilib gap boshlashni bilishmasdi!
 
Ranvir uzoq o'ylab, Ritika bilan maslaxatlashib, qanday yarashish usulini topadi, unga ko'ra yaqinlashib kelayotgan Ishanining tug'ilgan kunini o'zgacha ruxda nishonlashni reja qilishadi.
 
Chirak va Shanelaning akasi esa qanday qilib RV dan o'ch olish haqida bosh qotirishardi. Shanelaning akasi Ranvir bir mehmonxonaga Ritika ismli qizni joylab, u yerda tez-tez borib yurganini aytadi, Chirak buni eshitib, yangi reja tuzadi....
Unga ko'ra o'sha RV qiz uchun olgan xonaga o't qo'yib yuboradi. CHirak ham u xonada Ritika bor deb o'ylagan edi!
 
Uyda esa barcha oila a'zolari Ishanining tug'ilgan kunini nishonlashar edi, Ishani to'rtdagi shamlarni o'chiradi va to'rtni kesib, birinchi bolib yonida turgan turmush o'rtog'i RV ga yediradi, Ranvir esa Ishanining qolidan torti yeb, o'sha tortni o'zini Ishaniga ham yediradi. Ex qanday romantik, ular juda hursand edilar, Ishani ham Ranvir ham. ! Deyarli yarashib olishgan. tarona.net sayti ma'lumoti. Shu payt Ritika va RV ning telifoni jiringlab qoladi, unga Mexmonxonadagi xonaga o't ketganini aytishadi, ular birga yugirgancha chiqib ketishadi. Barcha bundan hayratda!
Ishani ham ularni otiridan chopadi! RV yong'in chiqqan xonadan Govrini olib chiqadi, Uni Ishani ham ko'rib qoladi. Govrini kasalxonaga olib borishadi. Ishani opasidan nima bo'lganini, nega bu yerda ekanligini so'raydi. Govri esa eri uni doim kaltaklab, kun bermaganini, shunday kunlarning birida RV ni uchratib qolganini va Ranvir unga yashirincha yordam berib yurganini aytadi.
Ishani bu gaplarni eshitib, RV ga bo'lgan hurmati va muxabbati yanada ortadi.
Sharman esa Ritikaga ishonchi kamaymoqda, uningcha Ritika Ranvirni sevadi, Ranvir hamda Ritika yashirincha uchrashib yurishibdi degan fikrda!
***
Ishani va Ranvir uyga qaytib kelishadi, ular munosabatlarini yaxshilashga urinishadi. RV Ishani bilan birga bir kechaga borishadi. Bu Ranvirning ishi yuzasidan edi. Aynan shu kechaga Chirak ham bir qiz bilan birga keladi. Chirak yana RV ni jig'iga tegishga, uni jaxlini chiqarishga harakat qiladi, Uning maqsadi doim Ranvirga azob berish!
Ranvir barchaning oldida, Chirakni bir qiz bilan birga bo'lgan suxbatini, Ranvirni yakson qilish haqidagi noqonuniy faoliyati haqida so'zlashgan video tasvirni qo'yib beradi. Chirak barchaning oldida yer bilan bitta bo'ladi,
tarona.net sayti ma'lumoti.  Bunga Chiday olmagan Chirak yana barchani oldida Ishaniga tuxbat qiladi, Ranvirga ishonmang, uning xotini ham bokira emas, u men bilan birga bo'lgan deb baqiradi, buni isboti ham bor deb, telifonidagi suratlarni ko'rstamoqchi bo'ladi, ammo RV bunga chidolmay kelib Chirakni ura ketadi, juda qattiq mushtlashuv bo'ladi. Ranvir xumordan chiqquncha Chirakni do'pposlaydi!
Buni kuzatib turgan Ishanining RV ga yanada hurmati oshadi, unga bo'lgan muxbbati yanada ortadi!
***
RV g'azab bilan uyga keladi, barcha narsalarni jaxl bilan sidira boshlaydi, Ishani uni to'xtatishga uringan payt birdan qo'li kesilib ketadi. Ranvir qo'rqib ketadi. Ishanini tinchilantirishga, urinadi.
Ranvir: Aslida Ishani men sendan emas, Chirakdan hafaman. Men senga Ishonaman Ishani, seni jonimdan ham ortiq ko'raman, deb aytadi. Uni qo'lini bog'lab qo'yadi. Bir-birlariga yeg'lagancha sevishlarini aytishardi. Shu payt ular yarashib, bir-birlariga bo'lgan muxabbatlari qanchalar kuchli ekanligini chunib yetishadi.
Ammo shu dam, Ishanining buvisi va Amba kirib kelishadi, ular Ishani hamda Ranvirni bir-birlaridan ajratish borasida janjal qilishadi va ularni aloxida-aloxida xonalarga kiritib yuborishadi.
***
Ishani Parul bilan maslaxatlashib, qanday qilib Ranvirni ko'nglini ko'tarish haqida so'raydi, oddiy maslaxat unga ajoyib taom pishirib berishini aytadi. Ammo Ishani pishir-kuydirni bilmasdi, shu sabab Parul unga yashirincha yordam beradi.
 
Dasturxon yozilgan, barcha yeg'ilgan! Ranvir ham kelib o'tiradi, Ishani asta ko'zlari bilan o'zi tayyorlagan taomga ishora qiladi, Ranvir birinchi bo'lib o'sha taomni olib yiya boshlaydi, avvaliga yaxshi chiqmagan bo'lsa kerak, degan yuzda ishora bo'ladi, ammo keyin kuladi, hayratlanadi, chunki juda mazali chiqgan edi, qolganlar ham yeb ko'rishadi, ha haqiqatdan ham juda shirin bo'libdi, Ishani deyishadi.
 
Shunda Ranvir: nima? buni Ishani tayyorlaganmi? nega oldinroq aytmadingiz? bilganimda og'zimga ham olmasdim, deb janjalashishadi. (Ranvir aslida bunday deyishiga sabab, to'g'ri xozirda Ranvir va Ishani bir-birlarini sevishadi, ammo Ranvir onasini deb, Ishani esa buvisini deb buni ularga sezdirmasdan, ularni oldida huddiki dushmanlardek munosabatda bo'lishar edi)...
 
***
Kechki ovqatdan so'ng Ishani oshxonada hursand bo'lib yurgan payt yonida Ranvir paydo boladi, ular bir-bilariga tikilishar, bir-birlariga termulishar edi. Ranvir uni bag'riga bosib turardi. Shu payt oshxonaga Lakishmi kirib keladi, Ranvir darrov berkinadi. Ishani Ranvirni borligini sezdirmaydi. Lakishmi chiqib ketgan, Ranvir hamda Ishani yana bir-birlariga termulishar, ular huddiki tikilib bir-birlariga to'ymayotgandek tuyilardi.
 
Yana ular aloxida-aloxida xonalariga kirib ketishga majbur bo'lishadi. Ammo Ranvir ham, Ishani ham uxlay olmasdi. Bir-birlari haqida o'ylashardi. Turmush o'rtog'im boshqa xonada deb, o'ylash tinchlik bermasdi, SHunda Ranvir o'zida jasorat topib, Ishanining xonasiga kiradi, Ular bir-bilarini erkalay boshlashadi. Ranvir shunaqangi shirin so'zlar aytadi, viiiiy.... Ishani ham jim turmaydi.
Shu payt yo'lakdan Lakishmi o'tib qoladi, Lakishmi Ishani xonasida begona erkak bilan suxbatlashyaptimi? yoki ichkarida Ranvir bormi deb o'ylaydi va Ranvirni xonasiga kirib, bor-yo'qligini bilmoqchi bo'ladi. Eshik ochilganini Ranvir va Ishani sezib qolishadi, Ranvir deraza orqali o'z xonasiga o'tib oladi.
Lakishmi bizni endi tinch qo'ymasa kerak, deb o'ylaydi Ranvir va Ishani.
Endi ular xonalaridan chiqa olishmaydi, bir-birlarini o'ylash esa tinchlik bermasdi, Shu payt eng qulay aloqa, telifon ishga tushadi, SMS habarlashish boshlanadi. Exxeeey ajoyib ramantika!!!
 
***
Ranvirlarning uyiga sariy sotuvchi keladi. Ishani Sari tanlash bilan ovora, u asta sarini yelkasiga tashlab, Ranvirga qarardi, RV esa bo'ladi, bo'lmaydi, deb fikrini aytardi. exxxxx qando yaxshi, ajoyb sevishganlar... juda havasim kelyapti...
 
***
Shunday ajoyib o'tayotgan kunlarning birida, Amba Ranvirni uylantish harakatiga tushadi, qiz qidira boshlaydi va bir oilani uyiga taklif qiladi, Ranvirni ham chaqiradi. RV qizni ko'radi. To'g'ri u Ishanidan boshqa qizga uylanishni aslo istamaydi, ammo buni onasiga ayta olmasi.
tarona.net sayti ma'lumoti.  Shu payt ularni Ishani yuqoridan kuzatib turganiga ko'zi tushadi, Ranvir esa Ishanini rashk qildirish uchun ajoyib imkoniyat deb, uchrashuvga kelgan qizni, bog'da suxbatlashishga taklif qiladi. U yerda Ranvir shirin gaplar bilan qizga gapiradi, uning qollaridan ushlaydi. Uzoqdan esa Ishani buni ko'rib, rashkdan yonadi...
Ishani: hali mendan boshqasini qo'lini ushlaydigan bo'ldingizmi? ko'rsatib qo'yaman hali men sizga deb aytadi.
Shundan so'ng Ishani hiyla o'ylab topadi, Ranvir va boyagi qiz o'tirgan joyga yaqinroq borib, huddi telifonda suxbatlashyotgandek ko'rsatadi. U turmushidan noliydi, Ranvir yaxshi er chiqmadi, u juda yomon ekan, doim ichadi. doim meni haqorat qiladi, u siz aytgandek yaxshi emas ekan, hattoki qo'limni kesdi, deb, Ranvir haqida juda yomon gapiradi.
Bularni eshitgan uchrashuvga kelgan boyagi qiz, yugirgancha qochib ketadi.
Ishani ham, Ranvir ham hursand! Ular birga suxbatlashgach, muxabbatlari yanada mustaxkam bo'lishi uchun, Ranvir ajrashishga oid bo'lgan xujjatlarni o'sha yerning o'zida yoqib yuboradi...

Ushbu voqealar bir hafta davomida sodir bo'ladi.
(10.08.2015 dan 15.08.2015 gacha)

 
UMIDJON tayyorladi

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 64351 | Комментарии: 86 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Senga Oshiqman seriali, Haftalik Voqealar rivoji, Senga Oshiqman seriali Haftalik Voq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 861 2 3 4 5 »
Madinicka9 salom admin.meni bitta rossiyadagi dugonam ham senga oshiqman serialini koradi uni aytishica serialdi 400ci qismidanmikin ishani va ranvir rolida boshqa aktrisa va aktyor oynarkan shu rostmi javob un raxmat oldindan
Like | 0
SOK Eh atang
Like | 0
2336278 Ming afsus
Like | 0
Mushtaribegim Davomini qachon yozasizlar
Like | 0
maftuna Admin qachon yangi qismlarni  yozasizlar? Juda  qiziq Ranvir endi nima qilarkin?? :ch:
Like | 0
aqidaxasanova1977 kelasi haftanikini qachon yozasla
Like | 0
Nadiwka996 Salom hammaga bu kinoni ohiri bomi ozi
Like | 0
puja5555 Menga juda yoqdi romantika rahmat Admin
Like | 0
suxrob96 S a star
Like | 0
Majnun111 Kino oxirida Ishani va Ranvir birga bo'lishadimi Admin???
Like | 0
Majnun111 Hammaga salom.Tarona.net ga omad
Like | 0
islombek17 ikkinchi faslni quyasilami
Like | 0
begzod118 Judayam zerikarli buvottiyu bu kino
Like | 0
Saman21 Rahmat kattakon rahmat admin;-);-);-)
Like | 0
6877746 Tatildekan. Sabab shu bo'sa unda yaxshi. Tatildan qaytgandan so'ng faoliyatini davom ettirishlarini kutib qolamz
Like | 0
begzod118 1-
Like | 0
begzod118 :1 (
Like | 0
begzod118 Muallif qachon ishga chiqadi admin
Like | 0
begzod118 Yana muammo ekanda bular qachon birga bo'laykan biza qutilaykanmiza
Like | 0
begzod118 Alo
Like | 0
1-20 21-40 41-60 61-80 81-86
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное