Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Toshkentda Samsung Galaxy S4 La Fleur sotila boshladi

O‘zbekistonda Samsung Galaxy S4 La Fleur — Galaxy S4’ning ayollar uchun mo‘ljallangan versiyasi sotila boshladi.

Ushbu smartfon asl versiyadan old va orqa korpusdagi gul bezagi bilan farq qiladi. Texnik jihatdan Galaxy S4 mini bilan bir xil. Galaxy S4 La Fleur xuddi u kabi ikki yadroli protsessor, 4,3 dyuymli (960×540) Super AMOLED displeyga ega.

Shuningdek, u 8 va 1,9 megapikselli kameralar, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n и Bluetooth 4.0. simsiz aloqa vositalari, microSD xotira kartasi uchun slot bilan jihozlangan. Qurilma Android 4.2.2 Jelly Bean operatsion tizimida ishlaydi.

Samsung Galaxy S4 La Fleur’ning o‘lchamlari 124,6×61,3×8,94 mm, og‘irligi 107 grammdan iborat.

Poytaxtning "Fleshka” savdo majmuasida smartfon  1 million 380 ming so‘mga sotilmoqda. Taqqoslash uchun, 16 Gb xotirali Samsung Galaxy S4’ning standart versiyasi 1 million 365 ming turadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3192 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samsung, Samsung Galaxy S4 La Fleur, Galaxy S4
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное