Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Toshkentda “Samsung” LED televizorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Poytaxtimizdagi “Zenith Electronics” qo‘shma korxonasida Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Samsung” savdo belgisi ostida LED televizorlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu O‘zA xabar beradi.
“Zenith Electronics” qo‘shma korxonasida televizorning elektron boshqaruv platasi, old panellari, orqa tomoniga qo‘yiladigan qopqoqlar, penoplast qadoqlash buyumlari ishlab chiqarish mahalliylashtirildi. Bu butlovchi qismlar umumiy hajmining 35 foizini tashkil etadi. 
Tayyor mahsulotlarni yig‘ish sexi boshlig‘i R.Qayumovning ta’kidlashicha, ayni paytda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kuniga 32 dyuym diagonalli 400 dona televizor ishlab chiqarish imkoniga ega. Kelgusida ishlab chiqarish quvvatini kuniga 500 donaga, diagonal hajmini esa 40 dyuymga yetkazish rejalashtirilmoqda. Umuman olganda, 2017 yilda korxonada ishlab chiqariladigan televizorlar soni 75 mingdan oshadi. 
Xabarda yozilishicha, “Zenith Electronics” kompaniyasi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun kiritilgan investisiyalar umumiy hajmi qariyb 3 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Manba:darakchi.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2098 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samsung, LED
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное