Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UZMOBILE noyabr oyida “Yengil start” aksiyasini o‘tkazmoqda

UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori noyabr oyida “Yengil start” aksiyasi haqida e’lon qildi. “Start” tarif rejasiga joriy yilning 31 dekabrga qadar ulanganda, yangi mijozlar abonent to‘lovisiz 30 kun davomida sifatli aloqaga bepul ega bo‘ladi. Tarif rejasiga asosan, bepul 250 minut chiqish qo‘ng‘iroqlari va 120 MB yuqori tezlikdagi internet trafigi taqdim etiladi. Tarif rejasiga ulanish va sim karta bepul taqdim etiladi.
Ulanish uchun Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 22A manzilida joylashgan UZMOBILE bosh ofisiga, yoki istalgan “O‘zbektelekom” AK sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga, rasmiy diler tayanch nuqtalariga pasport asl nusxasi bilan kelish kifoya bo‘ladi.
Aksiyaning amal qilish muddati 2015 yilning 1 noyabridan 31 dekabrga qadar qilib belgilangan.
Batafsil ma’lumotlarni Uzmobile.uz sayti va 1084 raqami orqali olish mumkin.
Ma’lumot uchun, milliy mobil aloqa operatori UZMOBILE 10 yildan oshiq vaqt davomida O‘zbekiston bo‘ylab o‘z faoliyatini olib bormoqda. “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali mamlakatdagi barcha hududlarda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishda o‘z hissani qo‘shib kelmoqda. 2015 yilda Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘ylab UZMOBILE GSM tarmog‘i ishga tushirildi. Bundan tashqari, CDMA tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda butun respublika hududi bo‘ylab GSM tarmog‘ini 2G/3G, hamda 4G LTE texnologiyalari bilan birga qurilish va kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

 


Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 3902 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yengil start, oyida, aksiya, o‘tkazmoqda, UZMOBILE, noyabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное