Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomini boy berdi

Google bosh kompaniyasi — Alphabet Inc. xoldingi 12-may, payshanba kuni AQSh fond bozorlarining ochilish chog‘ida kapitallashuv bo‘yicha Apple korporatsiyasini quvib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ikkala kompaniya kotirovkalari ham savdolar boshlanishi davomida pasayib borgan, biroq iPhone ishlab chiqaruvchisining bozor qiymati ko‘proq tushgan: Toshkent vaqti bilan 21:00 da Google aksiyalari narxda 0,6%, Apple qimmatli qog‘ozlari esa 2,5% yo‘qotgan. Google kapitallashuvi shu paytda 495,9 milliard, Apple’niki esa 492,6 milliard dollarni tashkil etgan.
Investorlar hafsalasi pir bo‘lishiga dunyoda eng yirik iPhone yig‘uvchisi hisoblanadigan Tayvanning Foxconn Technology kompaniyasi tushumi va foydasi pasayishi sabab bo‘ldi. Kompaniya sof foydasi joriy yil birinchi choragida 9,2 foizga — 847 million dollargacha kamaydi. Bu esa investorlar iPhone sotuvi jahon miqyosida pasayishidan xavotirlanishiga turtki berdi.
Apple’ning o‘zi birinchi chorakda tarixida ilk bor smartfonlar sotuvi kamayganini qayd etdi. Kompaniyaning boshqa mahsulotlari — iPad planshetlari va Mac kompyuterlari sotuvi ham pasayib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Forbes tomonidan tuzilgan dunyoning eng qimmat brendlari reytingida Apple yetakchilikni saqlab qolgani haqida ma’lum qilingandi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5251 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Apple, dunyoning eng qimmat kompaniyasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное