Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Apple elektromobillar ishlab chiqarishni 2019 yildan yo‘lga qo‘yadi

AQShning Apple kompaniyasi elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha Titan loyihasini ishga tushirish vaqtini ma’lum qildi.
The Wall Street Journal nashrida yozilishicha, kompaniya o‘zining ilk elektromobillarini 2019 yildan boshlab ishlab chiqaradi.
Manbada ma’lum qilinishicha, kompaniyaning yuzlab xodimlari 1 yildan ortiq vaqt mobaynida loyiha ustida ishlab kelmoqda. Keyinchalik Titan loyihasi bo‘yicha ishlaydigan bo‘limdagi ish o‘rinlari 1,8 mingtagacha kengayishi mo‘ljallangan.
Xabarda yozilishicha, Apple o‘zining birinchi elektrokarini to‘liq avtonom boshqaruvli qilmoqchi emas.
Bundan oldinroq, Apple BMW`ning i3 modeli bazasida elektromobil ishlab chiqarishi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Apple allaqachon avtosanoat vakillarining uchun dasturi ta’minot sifatida CarPlay ilovasini ishga tushirgani aytilgan.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3113 | Рейтинг: 0| Рейтинг: elektromobil, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное