Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

“Apple” qaysi qidiruv tizimini afzal ko‘radi?

Qidiruv xizmati ko‘rsatish bo‘yicha “Google” va “Apple”ning kelishuvi tez orada nihoyasiga yetadi. Raqobatchilar esa uning issiq o‘rnini egallashga shay turishibdi.
“Safari”da asosiy qidiruv tizimi degan faxrli nomni egallash uchun kurash endi boshlanmoqda. Bu iftixor anchadan buyon “Google”ga tegishli, biroq kompaniyalarning kelishuv muddati 2015 yilning birinchi yarmida tugaydi. Hozirda bu nomga sazovor bo‘lishga “Yahoo” va “Microsoft” da’vogarlik qilmoqda.
“Firefox”da asosiy qidiruv tizimi sifatida foydalanila boshlanganidan buyon “Yahoo” “Google”ning bozordagi anchagina ulushini tortib olmoqda.
Tahlilchilar kelgusidagi voqealar rivojini turlicha taxmin qilishmoqda.
“Yahoo” g‘alaba qozonadi
Yahoo”ning bosh direktori Marissa Mayer anchadan buyon “Apple” mobil qurilmalarida asosiy qidiruv tizimi sifatida o‘rin egallashni ko‘zlamoqda.
“IDC” tadqiqot kompaniyasi direktori Deyv Shubmel “Yahoo” qidiruv tizimini “juda ham munosib raqobatchi”, deb hisoblaydi.
Ammo bu fikrga hamma ham qo‘shilavermaydi. “Forrester Research” kompaniyasining qidiruv tizimlari bo‘yicha katta tahlilchisi Kollin Kolbernning fikricha, “Yahoo” qidiruv tizimi ishini yaxshilagan bo‘lsa ham, “Google”chalik qulay emas.
“Bing” g‘alaba qozonadi
“Microsoft” hozirda “Siri” yordamchisi orqali qidiruvlarni ta’minlamoqda, shuningdek, undan eng yangi “Yosemite” operasion tizimidagi “Spotlight” qidiruv ilovasida foydalanilmoqda. Nima uchun “Bing” “Safari”dan joy olishga urinib ko‘rmasligi kerak?
“Microsoft” “Bing”ning ommaviyligini oshirish uchun bor kuchini ishga solishga tayyor.  “Bing”ning qidiruvlar bo‘yicha direktori Stefan Vays “hamma joyda bo‘lish” maqsadi borligi haqida aytib o‘tdi. 
Agar “Apple” “Google”ning mustahkam mavqeini pasaytirishni xohlab qolsa, “Bing”ni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
“Apple” “Google” bilan qoladi
“Apple” o‘z obro‘sini foydalanuvchilarning qulayligiga e’tibor qaratish orqali topgan. “Google” esa hali-hamon eng ko‘p foydalaniladigan qidiruv tizimi bo‘lib qolmoqda, kompaniya foydalanuvchilarning o‘zlariga kerakli ma’lumotni tezroq topishlari uchun tizim ishini doimiy ravishda yaxshilab kelmoqda. 
Shunisi ham borki, mazkur kompaniyalar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish va himoya qilish borasida turlicha qarashlarga ega va bu to‘rtinchi taxminni yuzaga keltiradi...
“Apple” o‘z qidiruv tizimini ishga tushiradi
Barcha taxminlar ichida eng qizig‘i aynan mana shu taxmin bo‘ladi.
“Apple” foydalanuvchilarning so‘rovlarini “Google”ni chetlab o‘tgan holda “Spotlight” orqali ham yo‘naltirmoqda. Ehtimol, o‘tgan haftada kompaniya “yuzlab million foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan qidiruv platformasi”ni yaratishga mo‘ljallangan “Apple Search” loyihasi uchun rahbar izlayotgani haqida xabar tarqatgani shunchaki tasodif bo‘lmasa kerak.
Manba:Xabardor.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2858 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Apple, Qidiruv tizimi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное