Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple yangi MacBook’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi yangilangan MacBook 12’ni taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U oltinchi avlod Intel Core M protsessori, yanada tezroq ishlaydigan tezkor xotira, shuningdek, yangi “pushti tillarang” tusidagi korpusga ega bo‘ldi.
Yangilangan MacBook 1,1 GGs yoki 1,3 GGs chastotali oltinchi avlod Intel Core M ikki yadroli protsessorlari bilan jihozlanadi. Noutbuk, shuningdek, 1866 MGs chastotali tezkor xotira va yanada tezroq ishlaydigan flesh-xotiraga ega bo‘ldi.
Yangi protsessor tufayli, kompaniya avtonom ishlash vaqtini uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Endi MacBook Wi-Fi bilan ishlaganda 10 soatgacha, iTunes orqali film ko‘rganda 11 soatgacha ishlab berishi mumkin.
MacBook Air 13’ga ham kichik yangilanma kiritildi: endi u faqat 8 gigabaytlik tezkor xotirali versiyada chiqariladi. MacBook Air 11 4 Gb tezkor xotirali versiyada sotilishda davom etadi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2417 | Рейтинг: 1| Рейтинг: MacBook, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное