Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Klon-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. TisMarHan-soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston Dohada Yamanni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Qatarning Doha shahrida Yaman hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh — 2018 saralashining guruh bosqich 8-tur uchrashuvi nihoyasiga yetdi, deya xabar bermoqda “Uff.uz”.
Unda 1:3 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 8-daqiqasida Aziz Haydarov o‘z zarbasi bilan hisobni ochdi. O‘zbekistonlik futbolchilar 31-daqiqaga kelib, ikkinchi golni ham urdi. Bu safar Server Jeparov ajoyib gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Stanislav Andreyev O‘zbekiston jamoasining uchinchi golini urdi va amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Uchrashuv tugallanish arafasida Ahmad al-Sarori bitta javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Samvel Babayan shogirdlari navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va uch ochkoga ega bo‘ldi.
JCh — 2018 saralashi, 8-tur
Yaman — O‘zbekiston — 1:3
Gollar: Ahmad al-Sarori (90) – Aziz Haydarov (8), Server Jeparov (31), Stanislav Andreyev (50).
Yaman: Ayash, Xubayshi, Sasi, Matari (Sarori), Xayfi, Mahdi, Zubayri, Mansur, Alos, Bugshoh, Hamson
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sardor Rashidov, Stanislav Andreyev, Server Jeparov, Igor Sergeyev.


Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3291 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: mag‘lubiyatga uchratdi, 3:1 hisobida, Doha, Yaman, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
abbos996 Agar ikkinchi bolimda O'zbekistoon terma jamoasi Yamanliklarga o'ynaw imkoniyatini bermaganda hisob bundanda yirikroq ko'riniwga kelgan bo'lardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное