Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda fohishalik uchun jazo choralari kuchaytirildi


Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ma’qullandi, deb xabarqildi Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" kanali.

Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shug‘ullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).

Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

Qonun kuchga kirishi uchun Prezident tomonidan imzolanishi va belgilangan tartibda rasman e’lon qilinishi lozim.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8194 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: choralari, O‘zbekiston, fohishalik, Jazo, kuchaytirildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dadow -D ZOR BOPTI BUNAQALANI JARIMA SOLMAY JINOIY JAVOBGARLIKA TORTISH KERAK ASLIDA SHUNDA KAMAYADI BUNAQALA
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное