Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda kondisionerlarni o‘rnatish taqiqlanadimi?

Qurilish maydonlarining kengayishi va ko‘pqavatli uylarning ko‘payishi natijasida umumiy foydalanishdagi joylar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.

Ko‘pqavatli uylar fasad qismining o‘zgartirilishi, uylar atrofida noqonuniy qurilish ishlarining olib borilishi, noqonuniy o‘rab olish — xizmat mashinalarining harakatlanishiga turli noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Ushbu yo‘nalishda aholi fikrining o‘rganilishi natijasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu qonun loyihasida ko‘pqavatli uylarni ta’mirlash, ventilyatsion tizimlarni o‘zgartirish, standart qurilish loyihasiga o‘zgartirish kiritish, uylarning tom va fasad qismiga kondisioner va sun’iy yo‘ldosh antennalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish masalalariga aniqlik kiritilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, fasad va tom qismiga turli qo‘shimcha vositalarni o‘rnatish taqiqlanishi mumkin.

Qonun loyihasi qo‘mitalar tomonidan o‘rganilishi va Quyi palata sessiyasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 32,4 ming ko‘pqavatli uylar ro‘yxatga olingan bo‘lib, kundan kunga yangi uylar qurilishi davom etmoqda. Ko‘pqavatli uylar tizimida aholi jon boshiga o‘rtacha 15,2 kvadrat metr maydon to‘g‘ri kelmoqda.

Azizlar, bu masalada Sizning fikringiz qanday?

Ko‘pqavatli uylar fasad qismining turlicha (har bir xonadon egasining o‘zi bilgancha ta’mirlashi natijasida) bo‘lishi, uylar atrofida noqonuniy qurilishlarning ko‘payishi (yoki ularning buzib tashlanishiga oid), ayrim “dahlsiz” hududlarning noqonuniy o‘rab olinishi borasidagi fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz...

Zohirshoh Jo‘raev aniqlanadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8274 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘rnatish, O‘zbekiston, taqiqlanadi, kondisioner
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
sanjarezoz Konditsionerni taqiqlashmasa yaxshi bo‘lardi. Yoz kunlari juda issiq. Yosh bolalar yoshi katta keksalarimiz bunaqa issiqqa chiday olishmidi dom sharoitida. :o
Like | 0
sanjarezoz Konditsionerni taqiqlashmasa yaxshi bo‘lardi. Yoz kunlari juda issiq. Yosh bolalar yoshi katta keksalarimiz bunaqa issiqqa chiday olishmidi dom sharoitida. :o
Like | 0
farhod8483 kup qavatli uylarni uzgartirmaslik kerak bu tog'ri :p Lekin antena va kanditsyaner masalasi murakkab manimcha odamla yozni isiq kunida kup qavatli uylarda juda ham isiq buladi kanditsya kere televizorga antena ham kereda bu mani fikrim %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное