Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘zbekistonda LED televizorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Zenit Electronics MChJ va Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekistonda LED televizorlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anhor” xabar bermoqda.
2011-yildan beri hamkorlikda faoliyat yuritayotgan mazkur ikki kompaniyaning navbatdagi LED televizorlari bilan bog‘liq loyihasi Tayyor mahsulot va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.
2016-yilgacha mahalliylashtirishni 49 foizgacha yetkazish rejalashtirilmoqda. LED televizorlari qismlarining asosiy qismi Zenit Electronics va u bilan bog‘liq muassasalar quvvati yordamida ishlab chiqariladi. Yangi loyiha joriy yilning sentabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Loyiha doirasida zavod uskunalari yangilandi; plastik mahsulotlarni quyish va bosma platalarni ishlab chiqarish o‘rganildi.
Loyihaning umumiy qiymati 2,9 million dollardan oshadi. Yil yakuniga qadar 9,9 mingta tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 2017-yilga qadar zavodda ishlab chiqariladigan televizorlar soni 75 ming (ishlab chiqarishda eng yuqori ko‘rsatkich)ga yetkaziladi.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4114 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: LED televizor, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Ramashka77 Telizorlarni narxini xam yozn
Like | 0
CCCR Sifati yaxshi bo'larmikin mayli omad....
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное