Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda yo‘llarga qo‘yiladigan kameralar qonuniylashtiriladi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati qoidalarini buzgan va avtomatlashgan tizimda qayd etilgan shaxslarni javobgarlikka tortish, shuningdek, u orqali olingan ma’lumotlarni ma’muriy (og‘ir hollarda jinoiy) ish bo‘yicha dalil sifatida tan olish haqida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi UzDaily.
Nashr eslatishicha, Toshkentda “Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning vazifalaridan biri  — yo‘l harakatini video orqali kuzatish, qoidabuzarliklarni video orqali qayd etish. Biroq avtomatlashtirilgan tizim ishi hozircha qonuniy jihatdan mustahkamlanganicha yo‘q.
Tizimning texnik imkoniyatlari qoidabuzarlik sodir etgan haydovchini aniqlashga yetmaydi. Bitta transport vositasini boshqarish huquqi bir necha kishida bo‘lganda qoidabuzarlikka aloqadorlikdan bosh tortish va aybdorni javobgarlikka tortishning imkonsizligi holatlari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham, Ma’muriy javobgarlik kodeksini 17¹-modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda, u yo‘l harakati qoidalari buzilganligi har gal videokuzatuv orqali qayd etilganida transport vositasi egasiga javobgarlik yuklaydi. Shu bilan birga, o‘sha vaqtda avtomobilni boshqarayotgan shaxs aniqlansa yoki transport o‘g‘irlangan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Qoidabuzarlik video orqali qayd etilganda avtomatik rabishda jarima to‘g‘risida elektron hujjat yozilib, protokol tuzilmasdan uch kun ichida pochta orqali transport egasiga jo‘natilishi, qoidabuzarlik uchun jarima ixtiyoriy ravishda to‘lanishi uchun 60 kunlik muddat ajratilib, bu vaqt ichida to‘lanmagan taqdirda transport vositasini to‘lov to‘liq amalga oshirilguncha majburan ushlab turish kabi me’yorlar kiritilishi taklif etilgan.
Shuningdek, kodeksning 36-moddasiga kiritiladigan o‘zgartirish yo‘l-harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo qoidabuzarlik amalga oshirilgan kundan boshlab bir yil ichida qo‘llanilishini ta’minlaydi (hozir ikki oy ichida).
Shuningdek, boshqa qator vaziyatlarni nazarda tutib, kodeksning 28, 128³, 245, 248, 256 va 294-moddalariga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3970 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Damir_95_ Daxshadku
Like | 0
Humoyun24 Zo'ru
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное