Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbekistondagi eng mashhur to‘y boshlovchilari reytingi tuzildi

«Darakchi» gazetasi taniqli boshlovchilarning to‘ylardagi xizmat haqlari bo‘yicha reytinglarini tuzib chiqdi. To‘ylarga borish narxlari «shartli birliklar»da ko‘rsatilgan (1 «shartli birlik» = 1000 dollar).
Unga ko‘ra, to‘yda boshlovchilik xizmatini ko‘rsatuvchilar orasida birinchi o‘rinni Dilnoza Kubayeva egalladi — u 1 «shartli birlik» evaziga to‘yni o‘tkazib beradi.
Boshlovchilar ichida kuchli uchlikni Dildora Rustamova (400 dollar ) va Davron Kabulov (400 dollar) to‘ldiradi.
Keyingi o‘rinlarda Rayhon Ulasenova va Jahongir Mirzo 0,4 «shartli birlik», Rixsitilla Abdullaev 0,3, (300 dollar) Tolib Mo‘minov 0,2, (200 dollar) va Mehriddin Rahmatov 0,15 (150 dollar) nomlari qayd etilgan.
«Darakchi» tadqiqotiga ko‘ra, to‘ylardagi navbatchiliklarni hozir asosan 3 yoki 4 nafar yigit-qizlardan iborat guruhlar olib borayotgani va ularning belgilangan qiymatlari hamyonbopligi aytildi. Ko‘pincha taniqli xonandalardan ko‘ra yoshlardan iborat yangi guruhlarga murojaat qilish to‘y egalariga osonroq bo‘lmoqda.
Xabar qilinishicha, «San’at» guruhi 1,5, «Sharq» 1,2, «Karavan», «Eldido» va «Poytaxt» guruhlari esa 0,6 «shartli birlik» evaziga navbatchilik qiladi.
Bundan tashqari, 0,3 «shartli birlik»ka to‘yni «qizitib» beradigan guruhlar ham borligi qayd etilgan.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9620 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to‘y boshlovchilar, eng mashhur, O‘zbekiston, reytingi tuzildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
5913435 Dilnoza Kubayevani tekinga keladi dyiwsayam caqirmastim
Like | 0
Azamat4846 Qoyil Dilnoza Kubayeva barbr zorde.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное