Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung o‘zining shaxsiy Samsung Pay to‘lov tizimini namoyish etdi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining shaxsiy Samsung Pay to‘lov tizimini namoyish etdi. 13 avgustda kompaniya prezidenti Jong Kyun Shin Samsung Pay va ikkita yangi smartfon: Samsung Galaxy S6 Edge+ va Samsung Galaxy Note 5’ni namoyish qildi.
“Samsung Pay tizimidan yangi telefonlarda foydalanish mumkin va u deyarli birinchi kunlardan boshlab hamma yerda qabul qilinadi”, deb aytdi Shin.
Kompaniya yangi to‘lov tizimini Janubiy Koreyada 20 avgustdan, AQShda 28 sentyabrdan boshlab ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Keyinroq Samsung Pay Xitoy, Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda ishga tushiriladi. To‘lov tizimining xavfsizligi Samsung Knox tizimi hisobiga ta’minlanadi.    
Ayni paytda bu xizmat doirasida Samsung’ga MasterCard, Visa va American Express to‘lov tizimlari hamkorlik qilmoqda. Samsung, shuningdek, Bank of America, Citi, JPMorgan Chase va U.S. Bank bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3189 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: shaxsiy, Samsung, Samsung Pay to‘lov tizimi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
NaTaLi Juda yahshi boptiku
Like | 0
@Kamilla@ Omad Samsung!
Like | 0
Damir_95_ Qoyile
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное