Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Uch ekranli Samsung Galaxy Note 4 3-sentabr kuni taqdim etiladi

Samsung o‘zining yangi Galaxy Note 4 qurilmasini 3-sentabr — Berlindagi IFA 2014 ko‘rgazmasi arafasida taqdim etishi mumkin. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.

Avvalroq Galaxy Note 4 5,7 dyuymli ekranga ega bo‘lishi haqida xabar tarqalgan edi. Yana boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, uning displeyida uch tomonlama yuza mavjud bo‘ladi. Bunda ekran ikki tomonga egiladi va natijada uchta yuza hosil bo‘lib, ularning barchasi bir-biridan mustaqil ravishda ishlaydi. "Yon displeylar”da foydali ma’lumotlar, jumladan kelayotgan xabarlar aks etadi. Ularni o‘qish uchun foydalanuvchidan ortiqcha urinish talab qilinmaydi.

Galaxy Note 4 to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805 protsessori, 3 Gb tezkor xotira, 16 megapikselli kamera bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, S Pen stilusining imkoniyatlari ham kengaytiriladi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5753 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Samsung, Galaxy Note 4
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
javox3322 xotirasi qan4a ekan
Like | 0
Woxbola narxi otni kallasidek bo'sa k-k
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное