Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Uzmobile davlat saytlaridan bepul trafikda foydalanishni joriy qildi


“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida Uzmobile Milliy operatori Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Uzmobile abonentlariga internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), O`zbekiston Respublikasining Hukumat portali (gov.uz), shuningdek davlat organlarining saytlaridan bepul ulanish imkoniyatini yaratdi.

Aholini mazkur qulaylikdan keng xabardor qilish maqsadida, 2017 yilning 18 mart kuni jamoatchilik vakillari uchun brifing tashkil etildi.

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini samarali rivojlantirishga ham alohida urg`u qaratilgan. Birgina 2017 yilning o`zida aholi turmush tarzini qulay bo`lishiga xizmat qiladigan 50 dan ziyod eng muhim xizmatlar interaktiv shaklga o`tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirkorlar uchun eksport-importga ruxsat beruvchi jarayonlar elektronlashtiriladi. Joriy yilda mamlakatimizda internetga ulanish ham sifat, ham tezkorlik jihatdan yanada yaxshilanib, davlat idoralari xizmatchilari va aholining kompyuter savodxonligini oshirish yuzasidan o`quvlar amalga oshiriladi.

Uzmobile Milliy operatorining abonentlariga yaratib bergan hukumat portallari va barcha davlat saytlari, shuningdek Ochiq ma`lumotlar portali (data.gov.uz), Me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)dan bepul internet asosida foydalanish qulayligi fuqarolar va hukumat, davlat idoralari o`rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Yangilik tashkilotchilari O`zbekistonning boshqa mobil aloqa operatorlari ham aholiga internetdan foydalanishda imtiyozlar yaratib, ularning davlat xizmatlaridan keng foydalanishlarini ta`minlaydigan bu kabi tashabbuslarda faol ishtirok etishlariga umid bildirmoqdalar.


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 5427 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: trafik, UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
asalqiz96 Zo'rku B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное