Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

«Uzmobile»: Toshkent shahrida mobil internet tezligi oshirildi

2020 yil 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi «O‘zbektelekom» AKning «O‘zMobayl» filiali texnik xizmati Toshkent shahrida uyali aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek LTE qamrov zonasini kengaytirish loyihasi bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada, LTE internet standartidan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Uzmobile» texnik jamoasi karantin davrida ham, barcha zarur xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni davom ettirmoqda.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi - barcha mavjud 2G/3G baza stansiyalarini LTE (4G) standartiga o‘tkazish, bu esa o‘z navbatida «Uzmobile» abonentlari uchun keng polosali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tezligini va imkoniyatini oshirishdan iborat bo‘lib, shubhasiz, karantin davrida aholi uchun juda muhimdir.
2020 yil 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi LTE tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlar yakunlandi, bu natijada esa LTE standartidagi mobil internet tezligini oshirishga imkon berdi.
Shuningdek, yil boshidan Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlaridagi mavjud barcha baza stansiyalarini LTE (4G) texnologiyasiga modernizatsiyalash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlandi.
Tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida ishlar rejalashtirilgan.


Manba:xabar.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 2321 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent shahrida, tezligi oshirildi, mobil internet, UZMOBILE
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Samandar пишет: | 10.04.2020 | 21:45 ( E-mail ) #2 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Samarqand tumanlarida ham shu ahvol 3G ishlamaydi tex подержкага ishlamayabdi desez точка доступ junatadimi ee bir narsalani yuboradi baribir foydasi yuq junatganini ishlamaydi iloji busa shuni yetkazib quying Uzmobilega
Like | 0
аватар отсутствует Barcha etibor toshkentga buxoroda 3G ham yuq tayinli iwlamaydi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное