Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qaxvaxona - soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ayol Qalbi - True Love
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Erta qarishga sabab bo‘luvchi 5 zararli odat

Rasiondan yog‘ni chiqarib tashlash

Ko‘pchilik vazn tashlash uchun rasionidan yog‘ni umuman olib tashlaydi yoki yog‘siz parhez qilishga kirishadi. Bunday parhez organizmga salbiy ta’sir qilish bilan birga, teriga ajin tushishiga olib keladi. Ozish yaxshi, lekin organizmni qiynash, salomatlikni ketkazish evaziga vazn tashlash yaramaydi. Shuning uchun taomnomangizda oz miqdorda bo‘lsa ham baliq mahsulotlari, yong‘oq, smetana va yog‘ bo‘lishiga e’tibor qarating.
Ichimlikni «trubochka» da ichish
Ichimlikni «trubochka»da ichish vaqtida lablar jipslashadi va bu og‘iz atrofidagi teriga ajin tushishiga sabab bo‘ladi. Shuning singari, sigaret chekishda ham shu holat kuzatiladi. Nafaqat yosh ko‘rinish, balki salomatligingiz uchun ham chekishni tashlash tavsiya qilinadi.
Yonboshlab uxlash
Uzoq umr ko‘rish uyquning to‘liq va tiniq bo‘lishi bilan ham bog‘liq. Yonboshlab uxlaganda esa yuz yostiqqa tegib turadi va bu vaqtda teri nafas olmaydi, qon yaxshi aylanmaydi. Bu esa o‘z navbatida yuz terisi va bo‘yinga erta ajin tushishiga olib keladi. Terining yosh va go‘zalligini saqlash uchun to‘g‘ri, tepaga qarab yotish eng yaxshi variant hisoblanadi.
Qomatni tik tutmaslik
Bukchayish va o‘tirganda qomatni tik tutmaslik umurtqaning egilishi va qiyshayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu vaqtda muskullar zo‘​riqadi va shuning uchun ham biz charchoq va og‘​riqni his qilamiz. Bundan tashqari, tik yurish qomatga va hayot tarziga ham ta’sir qilmay qolmasligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Quyosh nuridan saqlanmaslik
Ultrabinafsha nurlari — erta qarishga olib keluvchi eng asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik faqat yozgi dam olish vaqtlarigina quyosh nurlaridan saqlanib, kundalik turmushda himoyalanishga rioya qilmaydi. Aslida esa hafta davomida ish yoki o‘qishga qatnash uchun ko‘chaga chiqilganda quyoshdan zararlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi, Shuni inobatga olgan holda, himoyalovchi vositalar, tarkibida SPF bo‘lgan kremlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bulutlar 80 % ultrabinafsha nurlarini o‘tkazgani uchun jazirama bo‘lmagan kunlarda ham bunday kremlarni surtishni kanda qilmaslik kerak.


Manba:aniq.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2784 | Рейтинг: 0| Рейтинг: erta qarish, sabab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное